Özbekiston 13 yil içida ilk bor alohida xavotir uyğotuvçi davlat hisoblanmaydi. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo aytib ötdi.  

Pompeo Özbekiston rahbariyati yana ança iş qilişi kerakligini, biroq 13 yil içida ilk bor xavotir uyğotuvçi davlat emasligini aytgan.

AQŞ davlat kotibining ma'lum qilişiça, Özbekistonda diniy mansublik sababli turmada saqlangan 1,5 mingdan köproq mahbus ozod qilingan hamda 16 ming özbekistonlikdan xorijga çiqişga taqiqlov olingan.

Pompeo islohotlar davom ettirilişiga umid bildirgan. Jumladan, AQŞ davlat departamentida Özbekistonda bolalar ota-onalari bilan birga masjidlarda ibodat qilişiga ruxsat berilişiga umid qilinmoqda.