Bir farzandni östirib, kamolga yetkaziş maşaqqatli, şarafli va şu bilan birga mas'uliyatli iş hamdir. Bu yölda ota-ona bir tan-u bir jon bölib, harakat qilişi, farzandining moddiy va ma'naviy ehtiyojini qondirmoqliklari lozim. Ammo oiladagi ota-onaning inoqsizligi va buning oqibatida yuzaga kelayotgan ajrimlar bola hayotiga öz ta'sirini ötkazadi, albatta. Şu bois davlat qonunçilik yöli bilan ona va bola huquqlarini kafolatlab qöygan.
Qaşqadaryo viloyatining Kasbi tumanida istiqomat qilayotgan Iroda Aşurova ham turmuşidan ajralgan. Doimiy işga ega emas. Ayol 2014 yildan buyon uç farzandni yolğiz özi boqib, ularning issiq-sovuğiga mas'ul bölib, yolğiz ayol boşi bilan barça oilaviy işlarga boş-qoş bölib kelmoqda. Uning sözlariga quloq tutamiz...
- Mavsumiy işlar bilan şuğullanib, rözğorimni ötkazib kelyapman. Uç nafar farzandim bor. Ularning kattasi 15, örtança öğlim 12, kiçkina qizim 7 ga kiradi. Bolalarimning yeyişi, içişi, kiyimi, barça moddiy ta'minot öz böynimda. 2014 yildan buyon sobiq turmuş örtoğimdan aliment ololmayman. Qarzi 25 million sömdan oşib ketgan. Farzandlarim esa kun sayin ulğayib bormoqda, turli tögaraklarga boradigan tengdoşlariga havas qilişadi. Ammo bularning bari moddiy ta'minotga borib taqaladi.
Bizga taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, Iroda Aşurovaning turmuş örtoği Sunnatulla Madatov sobiq rafiqasiga 2014 yilning 20 may kunidan boşlab, har oy 589 183 söm aliment tölab kelişi zarur edi. Buni 2017 yilning 5 yanvar kuni Majburiy ijro byurosi Mirişkor tumani bölimi tomonidan taqdim etilgan hujjatda ham köriş mumkin. Ammo pullar öz vaqtida berilmagani uçun, qarzdorlik miqdori bugungi kunga kelib 25 727 686 sömni taşkil etmoqda. Qarzdorning undiruvga qaratilişi mumkin bölgan mol-mulklarini aniqlaş maqsadida tegişli taşkilotlarga sörovnoma xatlari yuborilgan. Taşkilotlardan olingan ma'lumotlarga köra, qarzdor Sunnatulla Madatovning nomida biror-bir mol-mulk yöq.
Xöş, şu bilan işlar yakunmi?..
Şiddat bilan oradan yillar ötib boryapti, MIB tomonidan qarzdorlikni undirişga qaratilgan xatti-harakatlar esa besamar ketmoqda. Qarz undirilmaydi. Sabab öşa-öşa – qarzdorning hisobida mol-mulk yöq. Qarzdor öz qarzini tölolmasdan yurgani uçun unga nisbatan sud tomonidan 2019 yilning 23 yanvarida 10 kunlik qamoq jazosi tayinlanadi.
Orada bir muddat Iroda Aşurova sobiq turmuş örtoği bilan yaraşib, birga yaşaşni boşlaşadi. Ayol sud ijroçilari bölimidan sud buyruqlarini qaytarib oladi. 2017 yilning 27 fevral kuni sud tomonidan ijroçilarga aliment undiriş haqidagi sud buyruği ijro qiliş uçun qayta yuboriladi.
- Insofga kelib qolar, şu farzandlarim uçun yaşay, oilamni buzilib ketişiga yöl qöymay, degandim. Ammo heç narsa özgarmadi. Sobiq turmuş örtoğim menga va farzandlarimga qöl kötaradigan böldi. Uydan haydab yubordi. Bolalarimning zarur bölgan kiyim-keçaklarini olgani borganimda, hatto, ularni bermadi ham...
Hozirgi kunda ham muammoning yeçimi oçiq qolmoqda. Sunnatulla Madatov nomida mol-mulk yöq, şu sabab ijro organi xodimlari ojiz. Iroda Aşurova özi va farzandlari kelajagidan xavotirda. Örtadagi mablağ esa, oy sayin yuqorilab boryapti. Eng ayançlisi esa farzandlar közidagi umid uçqunlari yöqolgan. Örtadagi sarsonçiliklar, oiladagi notinç vaziyat sababidanmi, tez xavotirga tuşadigan bölib qolişgan.
Vaziyatni kuzata turib, qator savollarga javob izlaşga urinamiz. Xöş, sud aliment undirilsin deb qaror çiqardi. MIB ning ijrosi bilan şuğullaniş maqsadida Sunnatulla Madatovga yuzlandi. Qaraşsaki, uning nomida heç vaqo yöq. Böldimi? Iş şu bilan tamommi?
Aslida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasiga köra, moddiy yordamga muhtoj bölgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz şaxsni moddiy ta'minlaşdan böyin tovlaş, ya'ni ularni moddiy jihatdan ta'minlaş uçun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyruğiga binoan undirilişi lozim bölgan mablağni jami bölib ikki oydan ortiq muddat mobaynida tölamaslik, şunday qilmiş uçun ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa, jinoiy qilmiş deya baholanişi lozim. Buning uçun ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki bir yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq jazo ham belgilangan.
Bundan taşqari, şu qilmiş xavfli retsidivist tomonidan sodir etilsa ikki yildan uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi ham mumkin.
Uç nafar farzandini moddiy ta'minlaşni xayoliga ham keltirmay qöygan bu insonga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan jazo çoralarini qöllaş vaqti kelmadimikin... Zora jazo muqarrarligini his etgan ota qariyb olti yildan buyon taşlab qöyilgan oilasi holidan xabar olsa...
Biz masalani birgina kasbilik I.Aşurovaning misolida yoritdik. Vaholanki tahririyatga kelib tuşayotgan murojaatlardan şu narsa ma'lum böldiki, S.Madatovdek “otalar” respublikada juda köpçilikni taşkil qilar ekan.
Bu kabi muammolarga joylardagi vakolatli davlat idoralar, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va boşqa mutasaddi taşkilotlar befarq bölmasdan, uning yeçimlari yuzasidan jonbozlik körsatsalar maqsadga muvofiq bölar edi.
Sarvar Anvar öğli,
KUN.UZ muxbiri












