Bugun, 24 iyun kuni «Lokomotiv»ning yangi boş murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi. Bu haqda Tribuna.uz muxbiri xabar beradi.

Avvalroq mazkur anjumanning kiriş qismida Babayan bildirgan fikrlar keltirib ötilgan edi.

– (internet orqali muxlislar yöllagan savol) Siz özingizni özbek futboliga foydali inson deb hisoblaysizmi? Agar ha bölsa, futbolimizga qanday foydangiz borligini tuşuntirib ötsangiz. 

– Bu savolni bergan muxlisga javobim şunday: hurmatli muxlis, men öz-özimga baho bera olmayman. Mening faoliyatimga tarix baho beradi. Lekin menimça, hurmatli muxlis, men «Paxtakor»da işlagan vaqtimda milliy jamoaga 42 futbolçini tarbiyalab berdim. Qöl ostimdan çiqqan 200 nafar futbolçi turli yoşdagi terma jamoalarda öynadi, ular orasida jahon çempionatlarida qatnaşib, Osiyo çempioni bölganlari ham talaygina.

Qolaversa, özbek futbolining bayroqdori «Paxtakor» men kelganimda yetakçi örinlarda emas edi. Öşa vaqtda «Neftçi» hammadan oldinda yurardi. «Paxtakor» haqiqatda öz an'analarini qaytara oldi.

Oddiy bolakay, katta futbolda öynamay, sportning bu turini çin dildan yaxşi körib, jamoa administratoridan özbek futbolining bayroqdor klubi boş murabbiyi bölişi va keyin milliy jamoani boşqarişgaça yetib borişi – mening özbek futboliga qöşgan hissam şubhasiz ekanini anglatadi. Bahoni, albatta, tarix beradi.

Mening «Lokomotiv»dagi vazifam faqatgina asosiy jamoaga javob beriş emas, balki keyinroq öz mevasini beradigan vertikal tizimni yaratişdir. 7 yoşida bu klubga kelgan har bir bola «Lokomotiv» uçun fidoyi bölişi, şu klub falsafasida ulğayib, asosiy jamoada öynaşni maqsad qilişi kerak.

– Milliy jamoada işlagan paytingizdagi xatolaringizni tan olib, muxlislar oldida uzr söraysizmi?

– Bu savolni bergan muxlisning xabari bölmasa kerak – men Janubiy Koreya bilan öyindan keyin qisqa gapirib, matbuot anjumanini tark etgan bölsam ham, ÖFF matbuot xizmati orqali muxlislardan uzr söragan edim. Ulardagi hissiyotlarga befarq emasdim, özim ham iç-içimdan jahon çempionatiga çiqişimizga işongandim.

Bizga bor-yöği bittagina gol yetişmadi. Biz heç qaçon Jahon çempionatiga çiqişga bu qadar yaqin kelmagan edik. Kim nima deyişidan qat'i nazar, bizga salgina omad yetişmadi.

Tabiiyki, xatolar bölgandi. Futbol öyinining özi xatolardan iborat. Şu jumladan biz ham adaşamiz. Agar xolis yondaşsak, maqsad sari juda kiçik masofa qolgandi. Haydarovning zarbasi golga aylanganida yoki 86-daqiqada gol ötkazmaganimizda JÇga töğridan töğri çiqqan bölardik.

Nima bölganda ham, men milliy jamoamizga muvaffaqiyat tilayman. Kim murabbiy bölişidan qat'i nazar, biz jahon çempionatiga çiqa olamiz, buning uçun bir narsa kerak – jamoa butun mamlakatga, butun mamlakat bir jamoaga aylanişi zarur. Barçamiz şu milliy jamoa atrofida birlaşişimiz kerak.

Milliy jamoa boş murabbiyi bölganimdan keyin jurnalistlar bilan, murabbiylar bilan, muxlislar bilan uçraşgandik. Ulardan şu jamoa atrofida birlaşişni söragandik. Eng boşida şunday bölgandi. Özimizga işonç bilan mağlubiyatsiz borayotgandik, törtinçi turdan keyin birinçi örinda edik. Odil Ahmedov Yevropa ligasi öyinida jarohat olib, Eron bilan qiyin öyinda qatnaşa olmagandi. Eronni barça texnik va taktik körsatkiçlar böyiça mağlub etgandik, lekin bitta standart vaziyat sabab yutqazgandik.

Birinçi mağlubiyat yigitlarga bosim yukladi. Bu yigitlarni doimo qöllab turiş kerak. Oxirgi matbuot anjumanimda qaçondir bularni gapirib berişimni aytgandim. Birinçi navbatda, menga işonç bildirgan va özbek futboli uçun köp işlarni amalga oşirgan Mirabror Usmonovdan minnatdorman. Afsuski, milliy jamoaga şaroit yaratişga mas'ul kişilarning ayrimlari... Bu menga boğliq emasdi. Oxirgi öyinimizda bu muhim rol öynagan. Xitoyga borib keliş uçun, Toşkent-Uxan-Toşkent yönalişi böyiça charter reys söraganmiz. Agar charter reysda borganimizda maksimum 10-11 soat vaqt ketardi. Lekin mas'ullar charter qilib bera olişmagan. Oqibatda 28-29 soat uçişimizga töğri kelgan. Janubiy Koreya termasi esa samolyotga ötirib, 6 soatda Toşkentga qöngan.

Öşa sönggi öyinning birinçi bölimida barça texnik-taktik körsatkiçlar böyiça raqibdan ustun kelganmiz, lekin ikkinçi bölimda şunçaki çarçab qolgandik. Samolyot muammosi – bahona emas, real röy bergan holat. Milliy jamoaga şaroit yaratib qöyiş kerak.

Şuningdek, agar ajratilayotgan mablağ miqdori va erişilayotgan samara nisbatini oladigan bölsak, bizning futbol – Osiyoda birinçi örinda. Nega?

Misol uçun, sönggi saralaş bosqiçida Qatar va Xitoy bilan bir guruhda öynagandik. Bugungi kunda Xitoy futbolga har yili 2 mlrd dollar sarflamoqda. Qatar futbolga qança investitsiya kiritayotganini bilmayman, lekin Özbekistondan ança köproqligiga işonçim komil. Şunga qaramay, biz eng barqaror jamoamiz. Şartli ravişda Iordaniya yoki Suriya muvaffaqiyatli bölib qolişi mumkin, lekin biz [çeklangan moliyaviy resurslar bilan bölsa-da] barqarorlik böyiça eng ustun jamoamiz. Jahon çempionatiga çiqişga juda-juda yaqin kelyapmiz.

Aytmoqçimanki, agar futbolga kiritilgan pullarning foydalilik koeffitsiyentini hisoblasak, hozir Özbekiston – bu körsatkiç böyiça Osiyo çempioni, deb öylayman.

Men öşa vaqtda uzr söraganman va buni takrorlaşim mumkin. Muxlislar umidini oqlay olmaganim uçun ulardan keçirim sörayman. Biz şunçalik yaqin keldikki... Biz jahon çempionatida qatnaşişimizni, muxlislarimiz xursand bölişini juda ham istagandim. Lekin bunga mening xatolarim ham sabab böldi. Çunki futbol xatolar ustiga qurilgan. Agar xatolar bölmaganda, u kompyuter öyiniga aylanib qolgan bölardi. Futbolçilar ham, murabbiylar ham xato qiladi.

– Terma jamoadan ketganingizdan keyin nega matbuotdan uzoqlaşdingiz? Hammaning öz haqiqati bor, öşa haqiqatlarni aytişga urinmadingiz?

– Birinçidan, vaziyat şunday ediki, hammasi oçiq-oydin körinib turgandi. Hammasi barbod bölgandi. Bu «proval» edi. Erişişni eng köp xohlagan narsangni qöldan çiqariş edi. Şu holatda bular haqida gapiriş oson emasdi. Buni boşidan ötkazgan odam biladi.

Ikkinçidan, öşa matbuot anjumanida destruktiv kayfiyatdagi qiyofalarga közim tuşgandi. Gap ularning savollarida emas, menda ularga aytadigan gapning özi yöq edi. Biroz ötib, matbuot xizmati mening muxlislarga qarata aytgan samimiy sözlarimni e'lon qildi.

Men hali yutuqqa erişmay turib, intervyu bermaslikni irim qilgandim. Nimanidir gapirişim kerak, deb hisoblamadim. Mening atrofimda, JÇga çiqa olmaganimiz mavzusida juda köp narsalar böldi. Muxlislarga, matbuotga u yoki bu qarorlarim haqida gapirmaganim xatoim bölgan edi.

Misol uçun, nega Lobanovni maydonga tuşirganman? Şu masalani tuşuntirib ötib ketmoqçiman. Meni qaçon boş murabbiy etib tayinlaşganini eslaylik: ikkinçi saralaş bosqiçining birinçi öyinida Janubiy Koreya bilan öynab, birinçi bölimdan keyin 0:4 hisobida yutqazgandik, yakuniy hisob 2:4 bölgandi. Şundan keyin Mirabror Zufaroviç meni çaqirib, milliy jamoada işlaşni taklif qildi. Bu – har qanday murabbiy faoliyatining çöqqisi, tabiiyki, men ham bunga rozi böldim.

Öz-özidan oldingi öyinni tahlil qilib çiqdik va bir faktga duç keldik: ötkazib yuborilgan 4ta goldan 3tasi havodagi töp uçun kuraşda yutqazganimizdan keyinga töğri kelgan. Va bu Nesterovning öyinida tendensiyaga aylanib qolgandi. Men uni Özbekistoning zamonaviy tarixidagi eng yaxşi darvozabon deb hisoblayman. Lekin afsuski, u şunday xatolarga yöl qöygandi. Bu – birinçidan.

Ikkinçidan, Lobanov öşa paytda Özbekiston çempioni edi, ketma-ket ikkinçi marta mamlakat çempioni bölişga yaqin edi. U mening qöl ostimda öynagan va mening talablarimni bilardi.

Mana şu narsalarni xalqqa, jurnalistlarga tuşuntirmaganim haqiqatan ham mening xatoim bölgandi. Bularni aytmaganim men muxlis va jurnalistlarga ters ögirilib olganimni anglatmaydi. Men, şunçaki, öz içki tasavvurlarim tufayli gapirişni istamasdim. Men avval qandaydir natijaga erişib qöyib, keyin matbuot bilan xotirjam ötirib gaplaşiş kerak, deb hisoblardim. Va bu mening xatoim bölib çiqdi, tan olaman.

Samvel Babayan: «Diskvalifikatsiya qilinganim özbek futbolining zarariga işladi»Babayan «tanka»si kimligi, milliy jamoada öz futbolçilarini öynatgani va şartnomalar böyiça ayblovlarga javob berdi