“Formula-1” poygasining Fransiyadagi bosqiçi “Mersedes” jamoasi a'zosi, amaldagi çempion Lyuis Xemiltonning navbatdagi ğalabasi bilan yakunlandi.
34 yoşli poygaçi uçun uşbu ğalaba faoliyatidagi 79- va joriy mavsumdagi 6-ğalaba böldi.
“Ajoyib uik-end! Men poygalarda ançadan beri iştirok etib kelaman, biroq eng yaxşi bölişga intilişim kamaymayapti. Fransiyadagi trassa murakkab bölib, men vaziyatni töliq nazorat qilganimdan xursandman. Bularning barçasiga trassadagi va jamoa bazasidagi ajoyib xodimlarimizsiz erişa olmasdim”, deb aytgan çempion.
Marra çiziğini ikkinçi bölib Valtteri Bottas, uçinçi bölib Şarl Lekler kesib ötgan.
Xemilton peşqadamlikni yanada mustahkamlab, oçkolari sonini 187 taga yetkazib yöqdi. Umumiy hisobda 2-örinni Xemiltonning jamoadoşi Valtteri Bottas (151 oçko), 3-örinni “Ferrari” a'zosi Sebastyan Fettel (111 oçko) egallamoqda.
Poyganing navbatdagi 9-bosqiçi Avstriyada 28-30 iyun kunlari bölib ötadi.
BREAKING: @LewisHamilton leads a Mercedes 1-2 at Le Castellet as Charles Leclerc takes the final podium spot for Ferrari.#FrenchGP 🇫🇷 #F1 pic.twitter.com/x1b0WVPdtC
— Formula 1 (@F1) June 23, 2019












