Bangladeşda kam uçrovçi kasallikdan aziyat çekuvçi va “daraxt odam” deb ataluvçi Abul Bajandar çidab bölmas oğriq sababli qöllarini kesib taşlaşlarini söradi. Bu haqda AsiaOne axborot portali xabar berdi. 

Bajandar verrutsiform epidermodisplaziyasi kasalligidan aziyat çekadi. Bu kasallik tufayli uning tanasi daraxt pöstloğiga öxşaş katta ölçamli sögallar bilan qoplangan. 2016 yilda 28 yoşli erkak bu sögallarni oldirib taşlaş böyiça 25 ta operatsiyani boşdan ötkazgan.

Qandaydir onda şifokorlar “kasallikni yengdik” deb ham öylaşgan, biroq 2018 yil mayida kasallik alomatlari zörayib ketgan. Bajandar ahvoli yomonlaşgan – hozirda sögallar uning kafti va tovonini deyarli töliq qoplab olgan.

“Oğriq çidab bölmasga aylandi. Men tunlari uxlay olmayman. Men jarrohlardan biroz yengillik his qiliş uçun qöllarimni amputatsiya qilişlarini söradim”, deb tan olgan erkak. Uning onasi öğlining iltimosini qöllab-quvvatlagan. “Juda bölmasa u oğriqdan xalos böladi. Hozir u özini jahannamdagidek his qilmoqda”, deb tuşuntirgan ayol.

Plastik jarroh Samanta Lal Sen 25 iyunda 7 şifokor uçraşib, Bajandar uçun optimal davolanişni işlab çiqişlarini ma'lum qilgan. “U öz istagini aytdi. Biroq biz u uçun qaysi yeçim eng yaxşisi bölişi borasida öylab köramiz”, deb aytgan jarroh.

Hindiston boş vaziri Bajandar davolaniş uçun pul tölaşiga töğri kelmasligini aytgan.

Uptodate tibbiy resursiga köra, dunyoda bu kasallikka 501 kişi uçragan.