AQŞ adliya vazirligi Boeing kompaniyasidan 787 Dreamliner samolyotlari işlab çiqarilişi bilan boğliq hujjatlarni söradi, deb xabar berdi The Seattle Times gazetasi.

Gazetaning ma'lumot berişiça, hujjatlar laynerlarni yiğişda “sifatsiz iş” qilingani ehtimoli sababli talab qilingan. Naşr manbalaridan birining aytişiça, iyun boşida Nort-Çarlstondagi Boeing 787 Dreamliner samolyotlari işlab çiqariladigan zavodning bir neça xodimlariga talabnoma kelgan. Uning aytişiça, hujjatlarni Boeing 737 MAX böyiça tergov ötkazayotgan prokurorlar guruhi söragan.

Avvalroq 400dan ortiq uçuvçilar Boeing kompaniyasiga qarşi jamoaviy da'vo qözğatişgandi. Ular kompaniyani 737 MAX samolyotining konstruktiv kamçiliklarini yaşirişda ayblaşmoqda va «millionlab dollar kompensatsiya» talab qilişmoqda. 

Yarim yil içida yuz bergan ikkita fojiadan söng 737 MAX laynerlaridan foydalaniş töxtatilgandi.