Boş prokuratura huzuridagi departament hamda Soliq qömitasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda 6 ta mas’uliyati çeklangan jamiyat (MÇJ) mas’ul şaxslari va boşqalar tomonidan yirik miqdorda soliq qonunçiligi buzilgani aniqlandi.

Tekşiruv ma’lumotlariga köra, ular 32,6 milliard sömlik qöşilgan qiymat soliğini byudjyetdan noqonuniy ravişda qaytarib olgan. Şuningdek, 195,9 milliard sömlik mahsulotlar naqd pulga sotilib, savdodan tuşgan mablağlar bankka topşirilmagan hamda juda köp miqdordagi savdo qoidalari buzilgan.

Oqibatda, 42,5 milliard sömlik soliqlarni qasddan tölamaslik holatiga yöl qöyilgani qayd etildi.

Tekşiruv davomida Toşkent viloyati soliq boşqarmasining ayrim mas’ul şaxslari tomonidan mazkur korxonalarda ötkazilgan audit tekşiruvlari çoğida tekşiruv dalolatnomalariga 5,2 milliard sömlik soliqlar hisoblanmasdan rasmiylaştirilgani ham ma’lum böldi. Buning natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga juda köp miqdorda zarar yetkazilgani ta’kidlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni paytda iş böyiça tergov harakatlari davom ettirilmoqda.