Osakada katta yigirmatalik guruhiga kiruvçi mamlakatlar rahbarlari sammiti nihoyasiga yetdi. 

"Biz adolatli, kamsitişlarsiz erkin savdoni yölga qöyiş zarurligi borasida yakdil fikrga keldik", - deb ta'kidladi Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe sammitdagi yakuniy nutqida.

Mazkur sammit "yigirmatalik" tarixidagi ön törtinçi va Yaponiyada taşkil etilgan birinçi sammit böldi. 

Forum Osaka körfazidagi Sakisima sun'iy orolida bölib ötdi. 

Sammit davomida yetakçi davlatlar rahbarlari, jumladan AQŞ prezidenti Donald Tramp, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning özaro uçraşuvlari bölib ötdi.