Kompyuter, smartfon va boşqa aqlli qurilmalarning qanday salbiy jihatlari mavjud? Layfxaker ularga batafsil töxtalib ötdi.

Foto: Layfxaker

Gadjetlar juda köp vaqtni “öğirlaydi”

Biz vaqtimizning katta qismini kompyuter oldida ötkazamiz. U yonimizda bölmaganida esa smartfonga ötamiz. Yoki videoöyinlarga “yopişib qolamiz”. Yangiliklarni tomoşa qilamiz, tanişlarning suratlariga layklar bosamiz va tarmoqdagi befoyda muhokamalarda iştirok etamiz.

Agar biroz muddatga jami gadjetlardan voz keçsangiz, paydo bölgan vaqt miqdori sizni hayratga soladi. Uni foydali narsalar uçun sarf etiş mumkin. Misol uçun, sport bilan şuğullanişga. Ta'mirlaş işlarini amalga oşirişga. Oxir-oqibat uxlaşga!

Ekranlar köriş qobiliyatiga zarar keltiradi

Ekranga uzoq vaqt davomida tikilib turiş köriş qobiliyatiga zarar keltiradi. Massaçusets oftalmologiya va otolaringologiya oftalmologi Metyu Gardiner buning ikki sababini aytib ötgan.

Birinçidan, interfeys elementlarini közdan keçirayotganda közlar zöriqişga uçraydi. Ikkinçidan, kompyuter oldida közlarni pirpiratişni unutib qöyamiz. Pirpiratişning takrorlanişi daqiqasiga 15 tadan 5 tagaça pasayadi. Şuning uçun köriş qobiliyatini saqlaş uçun ayyorona bölmagan qoidalardan foydalaning va kompyuter oldida kamroq ötiring.

Gavdaning tuzilişiga zarar yetkazişingiz mumkin

Köriş qobiliyatidan taşqari kompyuter gavda tuzilişiga ham zarar yetkazişi mumkin. Uzoq vaqt davomida harakatsizlikni saqlaş insonga xos. Şuning uçun kompyuter oldida töğri ötiring. Yoki undan umuman foydalanmang.

Smartfonlar esa böyin uçun zararli: ulardan foydalanayotganda ekranga qaraş uçun doimiy ravişda böynimizni egamiz. Amerikalik çiqqan-singan suyaklarni soluvçi şifokor Din Fişman smartfonda boşini egib yozişiş işqibozlarida rivojlanadigan kasallik uçun hatto “matnli böyin sindromi” degan maxsus nomni taklif etgan.

Gadjetlar uyquga zarar keltiradi

Köpçilik tun botguniga qadar kompyuterlar oldida ötiradi. Uxlaşga yotganda ham ijtimoiy tarmoqlardagi postlarni öqib yoki Instagram’dagi suratlarni tomoşa qilib, smartfonlarga “yopişib qolişda” davom etişadi. Gadjetni bir çetga surib qöyiş va nihoyat uxlaşga yotiş ayrim hollarda juda murakkab böladi.

Kompyuter, smartfon va umuman yorqin ekranli qurilmalar uyqu sifatiga salbiy ta'sir körsatadi. Bu bir neça marta tadqiqotlar natijalari bilan isbotlangan.

Displeylardan kelayotgan yoruğlik melatonin işlab çiqarilişini pasaytiradi. Bu holat esa tabiiy biosur'atlarni buzadi.

Raqamli qurilma işlab çiqaruvçilarining bu muammodan xabarlari bor: ular gadjetlarni “Tungi rejim” funksiyasi bilan jihozlaydilar, u ekranlarning rangini avtomatik tarzda özgartiradi. Biroq bu tölaqonli çora emas. Uyquni yaxşilaşning eng işonçli usuli uyquga yotişdan bir neça soat avval televizor, kompyuter, planşet va smartfonlardan voz keçiş.

Ijtimoiy tarmoqlar hasad va depressiya çaqiradi

Ijtimoiy tarmoqlarda bari ajoyib. U yerdagi jami odamlar baxtli va çiroyli. Instagram yoki Facebook obunaçilari suratlariga e'tibor bering: ular ideal qad-qomatni namoyiş etişadi, sayohat işqibozlari esa delfinlarning dumidan uşlaşadi va Everestni zabt etadilar, badavlat yoşlar esa özlarining Lamborghini maşinalari oldida suratga tuşadilar. Beixtiyor hayotingizda nimadir notöğri ketayotgani haqida öylanib qolasiz.

Xyuston universiteti olimlari tadqiqot ötkazişdi va depressiya hamda Facebook’dan foydalaniş örtasidagi aloqani aniqlaşdi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda vaqtining köp qismini ötkazadigan kişilar özini döstlari bilan taqqoslaşi, tuşkun va baxsiz holatga tuşib qolişlarini aniqlaşdi.

Gyoteborg universiteti olimlarining tadqiqot natijalari esa smartfonni suiiste'mol qiliş depressiya xavfini oşirişini tasdiqlaydi. Ularning Garvarddagi hamkasblari ham xuddi şu fikrda.

Şunday ekan, özgalarning suratlarini örganişni bas qiling: öz hayotingiz bilan yaşang.

Texnika doimiy ravişda mablağni talab etadi

Kuçli öyin kompyuterini töpladingiz. Oradan bir neça yil ötdi va u grafikaning yuqori sozlamalaridagi yangi AAA-öyinlarni torta olmayapti. Ança-munça pul sarflab, smartfon-flagman sotib oldingiz. Biroz vaqt ötgaç esa işlab çiqaruvçilar undan ham yangisi haqida xabar berişadi. Eski qurilma uçun yangilaşlarni çiqarişmaydi. Faqat eng yangilarini xarid qiliş kerak böladi.

Kompyuterlar tez eskiradi, mobil gadjetlar esa undan ham tezroq. Ilovalar qotişni boşlaydi, interfeys esa bir maromda işlaşi yöqoladi va beixtiyor jami gigabayt xotira va protsessor gigagerslari qayerga ketgani haqida öylay boşlaysiz.

Texnik yangiliklar ortidan quvişni bas qiling va juda köp pulni tejab qoling. Uni katta foyda bilan qöllaş mumkin: kitoblar, taom, kiyim-keçak, sayohatlar.

Kompyuter va smartfonlarning umri uzoq emas

Zaxira nusxalari va bulutlar – albatta qulay. Biroq eng saqlaş va nusxa olişning ilğor elektron vositalari ham ma'lumotlarning yuz foiz saqlanişiga kafolat bermaydi.

Foydalanuvçilar yillar davomida MySpace’ga suratlar, videoyozuvlar  va musiqani joylaştirganlar. Kimdir fotoarxivni bir neça yil davomida Flickr’da saqlaydi. Biroq u kutilmaganda tozalaş ötkazişga qaror qiladi. Suratlar şu tariqa ğoyib böladi.

Internet bilan boğliq nosozliklar mavjudmi? Böldi, Google xotirasidagi ma'lumotlaringizga kiriş imkonini yöqotasiz. Hatto qölingiz ostidagi odatiy qattiq disk işlamay qolişi mumkin. Uning içidagini tiklay olişingiz aniq emas.

Texnologiyalar dangasalik va vaqtni bekorga sarflaş odatini qözğatadi

Raqamli öyinlardan foydalaniş osonligi bilan farqlanadi. Istagan vaqtingizda barini taşlab suv polosi yoki ikebana yasaş bilan şuğullana olmaysiz. Hujjatlarni bir çetga surib, sevimli öyinni işga tuşiriş va döstlar bilan çatlarda suhbatlaşişdan oson narsa yöq.

Bunday holatlardan özingizni uşlab qoliş uçun kuçli iroda kerak böladi. U esa hammada ham mavjud emas.

Aqlli qurilmalar xotirani yomonlaştiradi

Zamonaviy texnologiyalar xotiramiz bilan ajoyib işlarni amalga oşiradi. Turli servis va ilovalar bizga barini eslab qoliş uçun öylab topilgan. Vazifalar menejyerlari vazifalarni aqlda saqlamasdan ularni yozib boriş va muddatlarni belgilaş imkonini beradi.

Ijtimoiy tarmoqlar döstlarimizning tuğilgan kunlari haqida eslatadi. Google xarita va izlaş qatori kerakli manzilni topişda doimo yordamga keladi. Bularning bari juda qulay, biroq miya uçun u qadar foydali emas.

Doimiy ravişda gugldan izlaş odati xotiraga zarar keltiradi.

Eslaş uçun harakat qiliş ham şart emas, raqamli qurilmalarga işoniş ança qulay. Amerika psixologiya uyuşmasi tomonidan ötkazilgan tadqiqotlarga köra, smartfonlardan foydalanadigan odamlar parişonxotir va bee'tibor bölişar ekan.

Smartfonlar baxsiz hodisalarga sabab bölişi mumkin

Mashable naşriyotining xabar berişiça, odamlar selfi olişga harakat qiliş vaqtida akula hujumiga qaraganda köproq nobud bölişar ekan. Albatta, ğalati eşitilişi mumkin, biroq unda haqiqat mavjud.

Smartfonni közdan keçirişga çalğib, maşina ostida qoliş, qoyadan yiqiliş va hatto ayiqning qurboniga aylaniş mumkin. Agar smartfondan rulda foydalansangiz, nafaqat özingiz, balki atrofdagilarni ham xavf ostida qoldirasiz.

Xabarlar odamni çalğitadi

Va nihoyat, biror işga diqqatingizni jamladingiz. Kutilmaganida gadjetlar biror yangilik haqida xabar beradi. Öqilmagan xabarnomalarni tekşirasiz, işga qaytasiz va bir neça daqiqa avval nima haqida berilib öylaganingiz haqida batamom unutganingizni tuşunasiz.

Irvayndagi Kaliforniya universiteti tadqiqotçilari işni töxtatgandan keyin diqqatni töliq tiklaş uçun 23 daqiqayu 15 soniya talab etilişini aniqlaşgan.

Bir neça fursatlik çalğişning badali ana şunday.

Bundan taşqari, mobil qurilma xabarnomalari aqlimiz bilan ğalati hazillar ham qiladi. Indiana universiteti psixologlari yangi hodisani kaşf etişdi va unga “fantom tebraniş sindromi” deb nom berişdi. Ayrim hollarda telefon tebrangandek tuyuladi, siz uni tekşirasiz – biroq heç qanday xabarlar bölmaydi. Köpinça bunday holat uyquga yotgan vaqtingizda kuzatiladi. Bu esa uyqu uçun u qadar foydali emas.

Imkoni bölganida har doim xabarnomalarni öçirib qöying, tarmoqdagilarni doimiy ravişda tekşiriş odatini bas qiling.

Internet ijtimoiy izolyatsiyaga olib kelişi mumkin

Döstlar topiş, muloqot qilişda yordam berişi lozim bölgan ijtimoiy tarmoqlar köpinça aynan şu sohadagi muammolarga olib keladi. Smartfon yoki kompyuter ekranidagina muloqot qilişga odatlangan kişilar real hayotda tanişlar orttirişdan uyalişadi, noqulay suhbatlar vaqtida özlarini yöqotib qöyişadi va suhbatdoşga nisbatan sezgir bölişmaydi.

Biroq jonli muloqotni heç kim bekor qilmagan. Tadqiqotlar suhbat davomida mobil qurilmalarga e'tibor beriş odamlarni siz haqingizda yomon fikrda bölişga majbur qilarkan. Uşbu ijtimoiy hodisa uçun hatto maxsus atama – fabbing ham öylab topilgan. Şuning uçun özga kişilar bilan muloqotga kirişişdan avval barça gadjetlarni öçiring va berkiting.

Texnologiyalar maxfiyligingizni buzadi

Mobil qurilma, dasturiy ta'minot işlab çiqaruvçilari, veb-servis yaratuvçilari sizga keyinçalik reklamalarni tiqiştiriş uçun siz haqingizda köplab axborotni töplaydi.

Eng açinarlisi bizga tegişli oçiq ma'lumotlardan nafaqat reklama beruvçilar, balki tarmoqdagi firibgarlar ham foydalanişlari mumkin. Ular foydalanuvçilardan pul talab qilişadi, elektron poçtani buzib kirişadi, iCloud akkauntingizni olib qoçişga intilişadi va boşqa köplab qabihliklarni amalga oşiradilar.

Şuning uçun tarmoqda qança kam körinsangiz, şunça yaxşi böladi.

Qurilmalar sizni elektr tarmoğiga boğlab qöyadi

Mobil qurilmalar akkumulyator quvvatini juda tez sur'atlarda yeb bitiradi. Flagman smartfoningiz qança kuçli bölsa, u şunça köp quvvatni talab etadi. Şuning uçun sutkasiga kamida bir marta rozetkani izlaymiz.

Smartfon va kompyuterlarga tobelikni kamaytirib, ularning elektr tokiga bölgan iştahasini mö'tadillaştirişingiz mumkin. Gadjetni iş yoki universitetda quvvat oldiriş borasida xavotirlanişni bas qiling. Rozetka va mos keluvçi simni izlab sarson bölmaysiz. Yoningizda pauerbank olib yuriş va quvvat darajasini kuzatişingiz şart bölmay qoladi. Yoruğlikning öçirilişi siz uçun falokat bölib körinmaydi. Ha, albatta bu bilan sayyoraga ham foyda keltirasiz.

Va nihoyat, asosiy sabab. Internet va yangi gadjetlar bilan foydalanib, neyrotarmoqlar rivojlanişiga ongsiz ravişda hissa qöşasiz. Sun'iy idrok şaxmat va Dota 2 da bizdan ustunlik qilmoqda. Kutilmaganida u insoniyatni qullarga aylantirişni istab qolsa nima bölişini tasavvur qilyapsizmi? Albatta, bu hazil. Biroq ehtimol bir daqiqa davomida bu haqida öylab köriş kerakdir.