Toşkentda Silk Road Finance and Technology xalqaro forumi öz işini boşladi. Uç kun davom etadigan forumda moliya bozori, fintech, raqamli tölovlar, sunʼiy intellekt, raqamli aktivlar va moliyaviy texnologiyalar kelajagiga oid masalalar muhokama qilinadi. Markaziy bank departament direktori Ravşan Qodirovning Kun.uzga aytişiça, Markaziy bank bir yildan ortiqroq vaqtdan beri raqamli söm yuzasidan tadqiqot olib borgan.
Silk Road Finance and Technology forumi 24-avgust kuni Toşkentdagi CAEX majmuasida öz işini boşladi. Tadbirda Markaziy Osiyo va boşqa mintaqalardan regulyatorlar, moliya institutlari, texnologik kompaniyalar, startaplar va investorlar iştirok etmoqda.
Forumda yangrayotgan eng qiziqarli tezislardan biri CBDC, yaʼni Markaziy bankning raqamli valyutasini işlab çiqiş ğoyasi böldi. Forum doirasida konseptual hujjat işlab çiqiladi. Unda raqamli valyutaga oid masalalar, jumladan, uning dizayni, işlatiş usullari va yönalişlari qamrab olinişi aytildi. Markaziy bank departament direktori Ravşan Qodirov Kun.uzga bergan intervyusida raqamli valyuta ğoyasi haqida gapirdi.

“Avvalo, raqamli valyutaning bizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirişimizga hissa qöşişi borasida muqobil yeçimlarni örganamiz”
Hozirgi kunda çet el davlatlarining Markaziy banklari raqamli valyutasi ustida iş olib boryapti. Şuning uçun biz ham özimizga şu narsani maqsad qilib qöyganmiz. Biz, avvalo, bir yil mobaynida tadqiqot ötkazdik. Forum doirasida Whoie paper (konseptual hujjat) eʼlon qilamiz, bu bizning tadqiqotimiz natijalari böladi.
Raqamli söm bizning raqamli iqtisodiyotimizga öz hissasini yanada innovatsion yondaşuvlarga ega böliş nuqtayi nazaridan qanday qilib qöşa oladi? Iqtisodiyotning şaffoflaşişiga va, albatta, raqobatning rivojlanişiga qanday hissa qöşadi - şu kabi savollarga javob beradi bu hujjat.
Şuning uçun biz hozir öşa tadqiqotimiz doirasida Markaziy bankning raqamli valyutasini örganiş böyiça Cambridge, Agora va yana bir neçta global loyihalarda iştirok etyapmiz. Yetakçi davlatlarning Markaziy banklari bu loyihalarda qatnaşadi. Şular qatori biz ham hozir şu tadqiqot fazasidamiz, yaʼni, birinçi navbatda, buning ustida işlab, tadqiqot ötkazib, örganib va öşa Markaziy bankning raqamli valyutasi bizning raqamli iqtisodiyotimizni rivojlantirişga hissa qöşişi nuqtayi nazaridan eng muqobil yeçimlarini örganib çiqqan holda, keyingi qadamlarimizni belgilaşimiz nazarda tutilgan.


“Raqamli valyuta tölovlarni tez va şaffof ötkazişda yordam beradi”
Menimça, iqtisodiyotga eng muhim taʼsiri raqamli valyutaning, bu avvalambor, şaffoflikni oşirişidir. Yaʼni, tölov tizimlari hozirgi kunda Özbekistonda juda ham tezkor rivojlanib boryapti. Lekin Markaziy bankning raqamli valyutasi nafaqat mahalliy tölovlarni ötkazişda, balki transçegaraviy tölovlarni ötkazişda va qöşni davlatlar bilan turli savdo amaliyotlarimizni ötkazişda juda ham katta hissasi qöşadi.
U tölovlarni tez va şaffof ötkazişda, buning ortidan esa tadbirkorlar, kiçik, katta va örta bizneslarning qöşni davlatlar hamda boşqa çet el davlatlari bilan iqtisodiy ahamiyatga ega bölgan aloqalarni örnatişida, hisob-kitoblarda juda ham katta qulaylik yaratadi, deb öylayman. Hozirgi kunda tölov tizimlari haqiqatdan juda ham rivojlangan. Buni mahalliy tölovlar böladimi, transçegaraviy tölovlar böladimi, şundan ham köriş mumkin. Lekin raqamli sömning eng katta ahamiyati va ustunligi - yaʼni, aqlli pul, smart money yaʼni, programmalaştiriladigan va dasturlaştiriladigan pul ekanidir.
Yaʼni, u pulning qayerga sarflanganligi va qanday qilib bir soniya, daqiqalarda bir tölov ötkazuvçidan ikkinçisiga yetib borişining şaffofligi - mana şu nuqtayi nazardan raqamli söm va umuman raqamli valyuta hozir juda muhim ahamiyat kasb etyapti. Sababi, uning öşa şaffoflik darajasini belgilab turuvçi dasturlaş mumkin bölgan imkoniyati asosiy ustunligi hisoblanadi.


Steyblkoin borasida Markaziy bank pozitsiyasi
Biz Markaziy bankning raqamli valyutasini tadqiq qiliş ustida işlayotganimiz bejiz emas. Tölov tizimlarining rivojlanib borayotgani, Markaziy bankning raqamli valyutasi va yana bir qöşimça steyblkoin lar masalasi ham bor.
Şuning uçun hozirgi kunda moliyaviy texnologiya innovatsiyasi juda jadal rivojlanib borayotganligi tufayli, bizda juda ham köp tanlovlar bor. Mana şu tanlovlar içida qaysi biri hozirgi Özbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantiriş doirasida eng muqobil hisoblanişini aniqlaş uçun ham biz juda ham çuqur, şoşmasdan tadqiqotlar ötkazib, eng muqobil tanlovga özimiz amin bölganimizdan keyin öşa yönalişda yuramiz.
Hozirça steyblkoin, tölov tizimlarini rivojlantiriş, Markaziy bankning raqamli valyutasi - har bir yönaliş böyiça tadqiqotlarni olib boryapmiz. Har bir yönalişning öziga yaraşa kamçiliklari, afzalliklari va ustunliklarini çuqur tahlil qilgan holda, keyinçalik bu narsani bosqiçma-bosqiç joriy qiliş rejalarimiz bor.
Aslida, raqamli valyuta - bitta opsiya, steyblkoin - yana bitta opsiya. Steyblkoinning keyin taʼminlangan, taʼminlanmagan turlari bor. Bularning hammasini mohiyatan qanday deb tuşuntirsa böladi, osonroq? Bularning hammasi mohiyatan pul ötkazmasining bir opsiyasi-da. Lekin hammasi turliça, bir-biridan farq qiladi.
Misol uçun, programmable money deydi, smart money, bu öşa CBDC qatoriga kiradi. Steyblkoinning ham şunaqa funksiyasi bor. Lekin şu bilan birgalikda har bittasining öziga yaraşa kamçiligi ham bor-da.
Şuning uçun biz çuqurroq tadqiqot qilyapmiz. Biz hozir bu forum doirasida Markaziy bankning raqamli valyutasini aniq çiqaramiz, deb aytmayotganligimizning sababi ham özi şu. Çunki juda köp Markaziy banklar bu narsani tadqiqot qilib, şunaqangi xulosaga keldiki, bir neçta Markaziy banklar bunday tadqiqot loyihalarini töxtatib ham qöyişdi.
Sababi, öz iqtisodiyotining rivojlanişini inobatga olgan holda, biz uçun Markaziy bankning raqamli valyutasi eng muqobil yeçim emas ekan, degan xulosalar ham böldi.

Innovatsion xab va vençur fondlarni taşkil etiş
Singapur davlati bilan biz hozir Markaziy bankda fintech ofisini taşkil etişdan tortib, milliy fintech strategiyamizni işlab çiqiş, innovatsion xab va vençur fondlarni taşkil etiş böyiça juda ham hamkorlikda işlayapmiz.
Singapur va Xitoy kabi davlatlarning yirik moliya taşkilotlari rahbarlari forumda iştirok etyapti. Şu davlatlarning tajribasidan kelib çiqib, ularning amaliyotga qöllagan yeçimlaridan foydalanib, mana şunday forumlarni taşkil etiş va moliyaviy texnologiyalar sohasining nafaqat Özbekistonda, balki umuman Markaziy Osiyoda rivojlanişiga hissa qöşişga umid qilamiz.
















