Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Don mahsulotlari narxlarini tartibga solişning bozor mexanizmlarini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi, Özbekiston Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi, “Özdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklarining 2020 yil hosilidan boşlab boşoqli don yetiştiruvçi xöjaliklar bilan don mahsulotlarini qayta işlovçi taşkilotlar, çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik xöjaliklari va omuxta yem işlab çiqaruvçi taşkilotlar örtasida ğallaçilik klasterlarini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.

Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qömitasi, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi, Özbekiston Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi, “Özdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda 2020 yil hosili uçun kuzgi boşoqli don ekinlari navlarini joylaştiriş va boşoqli don yetiştirişning prognoz hajmlari töğrisidagi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Bunda, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari tomonidan berilgan takliflar asosida 2020 yil hosilidan boşlab joylarda taşkil etiladigan ğallaçilik klasterlari röyxati va yalpi boşoqli don hosili xajmi hamda davlat xaridi uçun sotiladigan miqdori aniq belgilab qöyiladi.

Şunday tartib örnatiladiki, 2020 yil hosilidan boşlab:

a) Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qişloq xöjaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 1 sentyabriga qadar agrotexnologik kartalarga asosan bir tonna boşoqli don yetiştirişga sarflanadigan haqiqiy xarajatlar hisob-kitoblaridan kelib çiqqan holda boşoqli don yetiştiruvçilarni kafolatli daromad olişini ta'minlaydigan darajada boşlanğiç narxini tasdiqlaydi;

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 noyabrdagi 959 - son “Boşoqli don yetiştirişni yanada rağbatlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorining 6-bandi amalda saqlab qolinadi;

b) davlat xaridi uçun sotib olinadigan boşoqli donga Moliya vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş Jamğarmasi mablağlari hisobidan boşlanğiç narxdan kelib çiqqan holda 100 foiz miqdorida bönak mablağlari ajratiş orqali mahsulot yetiştiruvçilarni işlab çiqariş xarajatlari moliyalaştiriladi;

v) davlat xaridlari uçun sotib olinadigan boşoqli don miqdoridan ortiqça yetiştiriladigan mahsulotlarni fyuçers şartnomasi asosida xarid qiluvçi ğallaçilik klasterlari mahsulot yetiştiruvçilar bilan kamida 10 sentnerdan boşoqli don sotib oliş böyiça şartnomalar tuzadi hamda öz mablağlari hisobidan mahsulot narxining 60 foizidan kam bölmagan miqdorda bönak ajratadi;

g) fyuçers şartnomasi asosida ajratiladigan qöşimça bönak mablağlari boşoqli don yetiştiruvçi xöjaliklar tomonidan hosildorlikni oşiriş va mahsulot işlab çiqariş hajmini köpaytiriş maqsadida, birinçi navbatda, mineral öğitlar, ösimliklarni kimyoviy himoya qiliş vositalari, yoqilği-moylaş materiallariga hamda mexanizatsiya xizmatlari uçun tölovlarni amalga oşirişga yönaltiriladi;

d) davlat xaridi uçun yetkazib berilgan hamda ğallaçilik klasterlari tomonidan fyuçers şartnomasi asosida xarid qilingan boşoqli don uçun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oşiriş hosil yilining 1 sentyabriga qadar töliq amalga oşiriladi;

ye) davlat xaridlari uçun sotib olingan hamda fyuçers şartnomasi asosida xarid qilinadigan boşoqli donni taşiş bilan boğliq transport xarajatlari Moliya vazirligi tasdiqlagan tariflar böyiça mos ravişda don korxonalari va ğallaçilik klasterlari tomonidan qoplanadi.

Işçi guruhi (J.A. Qöçqorov, A.J. Vahobov, J.A. Xöjayev)ga:

2020 yil hosildan boşlab eksperiment tariqasida Qoraqalpoğiston Respublikasi va barça viloyatlarda kamida ikkita ğallaçilik klasterlari faoliyatini yölga qöyiş;

“Özdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibidagi don korxonalarini 2020-2021 yillarda bosqiçma-bosqiç xususiylaştiriş tadbirlarini amalga oşiriş;

xalqaro tajribani hisobga olgan holda boşoqli don mahsulotlariga   intervension xaridlarni joriy etişni nazarda tutuvçi Hukumat qarori loyihasini işlab çiqiş va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiş topşiriladi;

zaruratga köra, boşoqli don mahsulotlari narxlarini tartibga solişning eng samarali mexanizmlarini joriy etiş böyiça belgilangan tadbirlarga va ularni bajariliş muddatlariga özgartiriş hamda qöşimçalar kiritiş huquqi beriladi.

Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi, “Özdonmahsulot” aksionerlik kompaniyasi bilan birgalikda kompaniya va uning tizimidagi korxonalar ustav fondidagi davlat uluşini sotiş orqali tizim korxonalarini xususiylaştiriş dasturini işlab çiqib, tasdiqlaş uçun kiritadi.