DW naşrining Politico maʼlumotlariga tayanib yozişiça, Ukrainaga millionlab tonna donni eksportga olib çiqişda kömak, şuningdek, oşgan transport xarajatlarini qoplaş uçun 1,1 mlrd yevro zarur.

Rossiya qöşinlarining portlar va kemalarga davomli hujumlari tufayli Qora dengiz orqali taşuvlar amalda qamal şaroitiga tuşib qolgani qayd etilmoqda. Şu sabab Kiyev Yevropa Ittifoqi hududidan ötuvçi muqobil yönalişlar imkoniyatlarini kengaytirişni söramoqda.

Ukraina agrar siyosat va oziq-ovqat vaziri Taras Visotskiy Bryusselga taşrifi davomida yevropalik hamkasblari bilan şu masalani muhokama qilgan. U vaziyatni öta jiddiy deb baholagan.

Biroq tranzit hajmini oşiriş uçun eng köp infratuzilma imkoniyatiga ega davlatlardan ikkitasi - Polşa va Ruminiya qöşimça çoralar körişga tayyor emasligini bildirgan.

Ruminiya Qişloq xöjaligi vazirligi mamlakat fermerlarining manfaatlari ustuvor bölib qolişini taʼkidlagan. Buxarestga köra, Ukraina donining köpligi va Dunayda suv sathining pastligi portlarga ortiqça yuklama tuşirmoqda. Bu esa ruminiyalik fermerlarning öz mahsulotlarini sotişiga tösqinlik qilmoqda.

Polşa Infratuzilma vazirligi ham Ukraina qişloq xöjaligi mahsulotlari tranzitini köpaytirişga qaratilgan özgartişlar kiritişni rejalaştirmayotganini maʼlum qilgan.

Visotskiyning aytişiça, Ukrainada yiğib olingan don va moyli ekinlar mahsulotlari töplanib qolmoqda. Ularni sota olmagan fermerlarda kelasi yil hosili uçun kuzgi ekiş işlarini moliyalaştiriş imkoniyati kamaymoqda.

Vazir vaziyat bahorgaça özgarmasa, ekin maydonlari 35–40 foizgaça qisqarişi mumkinligini ogohlantirgan. Uning maʼlumotiga köra, Yevropa orqali ötuvçi temiryöl, avtomobil va daryo yönalişlari hozir Ukraina eksportining yarmidan kamini taşiş imkoniga ega. Qamal saqlanib qolsa, yil davomida mamlakatda 35 mln tonnagaça yuk çiqarilmay qolişi mumkin.

Kiyev Yevropa komissiyasidan 22 mln tonnagaça agrar mahsulotni YEI hududi orqali taşişdagi qöşimça xarajatlarni qoplaş uçun 1,1 mlrd yevro söragan. Ukraina tomonining hisob-kitobiça, muqobil yönalişlar har bir tonna mahsulot uçun logistika xarajatlarini 50 yevrogaça oşirişi mumkin.

Ukraina «birdamlik yölaklari» deb ataluvçi muqobil eksport marşrutlarini qöşni davlatlardan taşqariga ham kengaytirişni taklif qilmoqda. Jumladan, mahsulotlarni Germaniya va Niderlandiya portlari orqali jönatiş imkoniyati körib çiqilmoqda. Biroq uzoqroq yöllar yetkazib berişni qimmatlaştiradi va fermerlar uçun katta zarar keltirişi mumkin.