DW xabariga köra, mazkur çaqiriq Litva prezidenti Gitanas Nauseda, Estoniya boş vaziri Kristen Mixal va Latviya boş vaziri Andris Kulbergsning 9-oktabrdagi qöşma maktubida bayon qilingan.

Murojaat Yevropa kengaşi raisi Antoniu Koşta va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenga yöllangan.

«Rossiya Ukraina portlarini bombardimon qilib, Ukraina donining jahon bozorlariga çiqişini tösmoqda. Ayni paytda öz donini Yevropa Ittifoqi orqali taşib, daromad olişga intilmoqda. Bizning infratuzilmamiz Rossiyaga uruşni moliyalaştirişda yordam bermasligi kerak», - deyiladi maktubda.

Boltiqböyi davlatlari rahbarlari YEI Rossiyaga öz tajovuzining iqtisodiy oqibatlarini qoplaş imkonini bermasligi lozimligini taʼkidlagan. Şuningdek, Ukrainaning egallab olingan hududlaridan olib çiqilgan donning Yevropa Ittifoqi orqali eksport qilinişiga yöl qöymaslik zarurligi qayd etilgan.

«Biz tajovuzkorga bosimni kuçaytirişimiz va Ukrainaga öz tovarlarini jahon bozoriga olib çiqişda yordam berişimiz kerak», - degan uç mamlakat rahbarlari.

Estoniya hukumati matbuot xizmati maʼlumotiga köra, Kristen Mixal uşbu masalani kelasi hafta bölib ötadigan Yevropa kengaşi yiğilişida kötarmoqçi.

Estoniya 1-oktabrdan Rossiya va Belarus donining öz hududi orqali tranzitini taqiqlagan. Latviya va Litva ham tariflarni oşiriş va nazoratni kuçaytiriş kabi çoralar orqali bunday taşuvlarni çeklaşga harakat qilmoqda.

Endilikda uç davlat Rossiya doni tranzitiga taqiqni butun Yevropa Ittifoqi miqyosida joriy etişni talab qilmoqda. Hozirça YEI darajasida bunday qaror qabul qilingani haqida xabar berilmagan.