Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda MOMIH (Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi) va mintaqa davlatlari energetika vazirlarining sentabr oyida Toşkent şahrida bölib ötadigan muloqotiga tayyorgarlik köriş masalalari muhokama etildi.
Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, uçraşuvda Osiyo taraqqiyot banki Özbekiston Respublikasining energetika sohasidagi özgarişlarga alohida e'tibor qaratayotgani va bu jarayonda faol iştirok etayotgani, buning yorqin misoli sifatida joriy yilning 20-21 sentyabrida Özbekiston poytaxtida MOMIH mamlakatlari energetika vazirlari muloqoti va MOMIH Energetika investitsion forumi ötkazilayotgani ta'kidlab ötildi.
Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy hamkorlik (MOMIH) dasturi Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning taşabbusi bilan 1997 yilda işga tuşirilgan.
Hozirgi vaqtda MOMIHda mintaqaning 11 mamlakati - Özbekiston, Xitoy, Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Möğiliston, Tojikiston, Afğoniston (2005 yildan beri), Pokiston, Turkmaniston (2010 yildan boşlab) va Gruziya (2016 yildan boşlab), şuningdek, xalqaro donor taşkilotlar: OTB, Jahon banki, YeTTB, XVF, BMT Taraqqiyot dasturi, Islom taraqqiyot banki iştirok etmoqda.
Şu munosabat bilan birinçi marta ötkazilayotgan MOMIH energetika vazirlarining mintaqaviy muloqoti özida mamlakatlar va kompaniyalarni birlaştirgani hamda uşbu hududning energetik xavfsizligini ta'minlaşga xizmat qiliş bilan muhim ahamiyatga ega.
Işonçli elektr ta'minoti aholi farovonligi uçun zarur böliş bilan birga, zamonaviy iqtisodiyotning asosini taşkil etadi. Va uşbu maqsadga erişiş MOMIH energetika vazirlarining umumiy vazifasi hisoblanadi.
Sentabr forumi doirasida energetika sohasidagi dolzarb masalalarni hal etiş uçun mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiliş közda tutilgan. Tadbir mavzusi böyiça Xalqaro energetika agentligi (XEA), Xalqaro energetika kengaşi, dunyoning yetakçi kompaniyalari rahbarlarining çiqişlari rejalaştirilgan.
Hukumatlararo muloqotning birinçi kunida energetika vazirlarining deklaratsiyasini qabul qiliş va imzolaş kutilmoqda.
Kunning ikkinçi yarmida Energetika investitsion forumi (EIF) öz işini boşlaydi. Mutaxassislar unda biznesni energetika, xususan, Markaziy Osiyo energetika bozorlariga jalb etiş masalalarini muhokama etadilar.
Özbekiston energetika sohasida tizimli islohotlar davom etmoqda. Bu 2030 yil uçun yangi mintaqaviy energetika strategiyasini işlab çiqiş jarayonida MOMIH energetika siyosatining rivojlanişi bilan hamohangdir. Şu munosabat bilan, EIF-2019 investorlarga ötiş davridagi tez özgaruvçan şart-şaroitlarga moslaşişga yordam beradi, hukumatlar, investorlar va kelgusi avlod tadbirkorlarining biznes loyihalarini rağbatlantiradi.
Forum doirasida şuningdek, OTB MOMIH birinçi startaplar tanlovini taqdim etadi. Tanlangan finalçilar öz biznes ğoyalarini TedTalk formatida namoyiş etişadi va ğoliblar tomoşabinlarning ovozlari soni bilan aniqlanadi.











