Reytinglar muayyan holatni turli yöllar bilan aniqlovçi, har qanday mamlakatda bir yoki bir neçta yönalişdagi vaziyatni töğri ifodalab beradigan körsatkiçlardir. Ular turli xil körinişda bölişi mumkin, hatto baxt indeksigaça.
Reytinglar önlab körsatkiçlar va köpinça öta murakkab formulalarga asoslanadi. Bugun reytinglar şu qadar köp va yana ularning soni ösib boryaptiki, biriga işoniş mumkin, boşqasiga esa yöq. Uşbu holatda köp narsa talab va taklif qonuniga asoslanadi. Kredit reytinglari esa eng oldin paydo bölganlaridan biri hisoblanadi.
Kredit reytinglari
Banklar öz mijozlarini şaxs va kompaniya jihatdan farqlay boşlaşi, işonç va tavakkalçilik tamoyillari yuzaga kelişi bilan kredit reytinglarining ham tarixi boşlangan.
Uşbu reyting turida kreditning qaytarilmaslik xavfini baholaş asosiy xususiyat hisoblanadi. Qarz oluvçi sifatida sizning reytingingiz qançalik yuqori bölsa, unda sizga foydali şartlar asosida köproq pul taklif qilişlari ehtimoli yuqori böladi.
Moliyaviy bozorda globallaşuv va unda turli vositalarning rivojlanişi bozor iştirokçilarini turli kategoriyalarga ajratiş zarurligini körsatdi. Va natijada moliyaviy korporatsiya va banklar, yirik transmilliy kompaniyalar, mustaqil davlatlar va ularning mahalliy hokimiyat organlari vujudga keldi.
Agar davlat qarz oluvçi bölsa, unda kompaniya yoki bankka qaraganda köproq omillarni hisobga oliş zarurati paydo böladi.
Masalan, bitta davlatning mustaqil reytingi korporativ sektorning mavjud holati va uning istiqbolini hisobga olgan holda, şuningdek, milliy kompaniyalarning şaroiti, makroiqtisodiy parametrlarni ölçaş bilan baholanadi. Inflatsiya, içki va taşqi qarzning hajmi va strukturasi, valuta kursi va boşqa makro indikatorlar, siyosiy tizimning barqarorligi ham muhim.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti tomonidan 1999 yilda Özbekiston kredit reytingi yaratildi.
Kredit reytingi eksport kreditiga suğurta majburiyatini yuklaydi, xorijiy banklarning import qiluvçi korxonalarga qarz berişiga imkon beradi, öz navbatida bu ana şu tomonlar uçun kredit resurslarining qiymatini kamaytiradi.
2018 yilda Özbekiston xavf-xatar körsatkiçi böyiça 6 guruhda bölgan, va ayni damda 2019 yilning fevralidan kredit reytingi körsatkiçida 5 guruhga kirgan.













