Prezident administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantiriş va uzluksiz taʼlim strategiyasi böyiça umummilliy konsepsiyani işlab çiqadigan maxsus işçi guruh taşkil etilmoqda, deb maʼlum qildi Özbekiston prezidenti matbuot kotibi Şerzod Asadov.

“Prezidentimiz Taʼlim va ilm-fan vazirligini taşkil etiş töğrisidagi farmonni imzolar ekanlar, taʼlim sifatini oşiriş va sohani yangi bosqiçga olib çiqiş uçun yangiça yondaşuvlarni qöllaş, bozor talablariga mos taʼlimni, raqobatni hamda xususiy sektor iştirokini rivojlantiriş vazifasini qöydi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, şu maqsadda Prezident administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantiriş va uzluksiz taʼlim strategiyasi böyiça umummilliy konsepsiyani işlab çiqadigan maxsus işçi guruh taşkil etilmoqda. Unga jamoatçilik asosida tadbirkor Zafar Hoşimov rahbarlik qiladi.

Guruh tarkibiga taʼlim muassasalarini yölga qöyiş va samarali tizimlar yaratişda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi.