Amerikaning Legato kompaniyasi bir vaqtning özida köriş qobiliyatini töğrilaş va eşitiş qurilmasi vazifasini bajarişga möljallangan Frames közoynaklarini sotuvga çiqardi. Közoynak gardişlariga mikrofonlar, protsessor va dinamiklar örnatilgan. Tovuşni qayta işlaş tizimi esa atrofdagi şovqinlar orasidan inson nutqini ajratib beradi.

Uşbu közoynaklar eşitiş qobiliyati yengil va örtaça darajada pasaygan insonlar uçun möljallangan. Mikrofonlar atrofdagi tovuşlarni doimiy ravişda qabul qilib turadi. Unga örnatilgan protsessor kelayotgan ovoz signallarini tahlil qiladi, inson nutqini ajratadi va turli çastotalarning kuçayiş darajasini boşqaradi.

Qayta işlangan tovuş quloqlar yaqinida joylaşgan kiçik dinamiklar orqali uzatiladi. Bunda quloq içiga biror qurilma joylaştiriş talab etilmaydi. Quloqlar oçiq qoladi, şuning uçun inson atrofdagi tovuşlarni tabiiy ravişda eşitişda davom etadi.

Işlab çiqaruvçi ovozni yönaltirilgan holda uzatiş texnologiyasini ham joriy etgan. Bu yaqin-atrofdagi odamlar közoynakdan çiqayotgan ovozni eşitişini kamaytirişga yordam beradi. Ovozni qayta işlaş jarayoni bevosita közoynakning özida amalga oşiriladi. Qurilmada kamera yöq va suhbatlar yozib olinmaydi.

Foydalanuvçi smartfon uçun işlab çiqilgan maxsus ilova yordamida tovuş balandligini boşqarişi, turli şaroitlarga moslab ovozni qayta işlaş parametrlarini tanlaşi mumkin.

Közoynak gardişiga oddiy yoki retsept asosida tayyorlangan linzalarni örnatsa böladi. Gardiş turiga qarab, linzalarsiz közoynakning oğirligi 27 grammdan, linzalar örnatilgandan keyin esa taxminan 34 grammdan boşlanadi.

Közoynakka örnatilgan akkumulyator 10 soatdan ortiq işlaydi. Töliq quvvatlaniş uçun ikki soatga yaqin vaqt kerak böladi. Yarim soatlik quvvatlaş esa qöşimça ikki soat foydalaniş imkonini beradi.

Qurilma Bluetooth 5.3 texnologiyasini ham qöllab-quvvatlaydi. Uni smartfonga ulab, telefon orqali suhbatlaşiş va musiqa tinglaş mumkin.

Legato uç xil gardişli - Aria, Harmony va Symphony közoynaklarini sotuvga çiqargan. Harmony va Symphony narxi 999 dollardan, Aria narxi esa 1099 dollardan boşlanadi.