Özbekiston prezidenti matbuot kotibi Şerzod Asadov taʼlim sohasidagi bugungi yangilanişlarning asosiy mazmun-mohiyati böyiça tuşunça berdi.

“Prezidentimizning ikki vazirlikni birlaştirişdan közlagan asosiy ğoyasi quyidagilardan iborat:

Taʼlim va ilm-fan vazirligi barça boğça, maktab, professional va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini taşkil etişi va ularning operatsion jarayonlari uçun masʼul bölişi, taʼlim faoliyatiga qöyiladigan talablarni belgilaşi, akkreditatsiyalaş va litsenziyalaş bilan şuğullanişi kerak;

Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi öquv dasturlari, qöllanmalar va metodik materiallarni işlab çiqadigan öziga xos laboratoriya vazifasini bajarişi, ularni amaliyotga joriy etişi, natijalarini kuzatişi va aniqlangan kamçiliklar asosida takomillaştirib borişi kerak. Bu işlar prezidentimiz belgilab bergan "özbek maktabi bitiruvçisining portreti"ga tayangan holda olib boriladi;

Prezident administratsiyasi va uning huzurida taşkil etiladigan alohida işçi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini işlab çiqadi, iş jarayonlarini qayta körib çiqadi, ularni takomillaştiriş yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi;

oliy taʼlimda davlat aralaşuvini keskin qisqartiriş, oliygohlar mustaqilligini kengaytiriş va nodavlat sektor uçun imkoniyatlar yaratiş lozim, qaysi oliygoh sifatli taʼlim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi körsatişi kerak”, deya maʼlum qildi Şerzod Asadov.

Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidentining farmoni bilan Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Taʼlim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta taşkil etildi.

Şuningdek, Prezident administratsiyasi huzurida taʼlim strategiyasi böyiça maxsus işçi guruh taşkil etilişi maʼlum qilindi. Unga jamoatçilik asosida tadbirkor Zafar Hoşimov rahbarlik qiladi.

Guruh tarkibiga taʼlim muassasalarini yölga qöyiş va samarali tizimlar yaratişda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi.