“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tekşiruvlar natijalari böyiça qöşimça hisoblangan soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni tölaşni keçiktiriş muddatini qayta körib çiqiş haqida petitsiya e'lon qilindi.

“Mamlakatimizda tadbirkorlarning tekşiruvlar natijalari böyiça qöşimça hisoblangan soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni tölaşni keçiktiriş böyiça belgilangan muddatni qayta körib çiqiş kerak”, - deb yozadi murojaat muallifi. 

Bildirilişiça, Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 54-moddasi 6-qismida “Yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat soliq xizmati organiga yozma bildiriş, şu jumladan soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali bildiriş yuborib, tekşiruvlar natijalari böyiça qöşimça hisoblangan soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni, şuningdek moliyaviy sanksiyalar summalarini tölaşni ularning undirilişi töğrisida qaror qabul qilingan kundan e'tiboran olti oy içida teng uluşlarda tölaşga haqli” ekanligi belgilangan. 

“Bizning fikrimizça, tadbirkor olti oy içida katta miqdordagi tölovni birdaniga tölay olmaydi, tölagan taqdirda ham keyinçalik tölovga qobiliyatsiz holatga kelib, faoliyati töxtab qolişi mumkin”, - deyiladi petitsiyada.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Soliq kodeksining 54-moddasi 6-qismida belgilangan “olti oy”lik muddatni uzaytiriş masalasini körib çiqiş taklif qilingan.