Taxminiy hisobga köra, özbek paxtasi tannarxida umumiy qiymatning 10-12 foizi qöşilgan qiymat soliğini taşkil etadi.
Moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonovning aytişiça, 1 tonnasi 4 million sömdan xarid qilinayotgan paxtaning tannarxi 3 million 650 ming söm atrofida qiymatlanadi.
«Moliya vazirligi taklif loyihasini işlab çiqmoqda. Unga köra, fermerdan paxtani xarid qiliş narxi 4400 yoki 4500 söm bölişi mumkin. Şunda paxta xaridida QQS joriy etilişi fermerga ziyon qilmaydi. Uning daromadliligi pasaymaydi», — deydi u.
Hukumat paxta xarid narxida 10-12 foizli oşirilgan qiymatni maxsus jamğarma mablağlari orqali qoplanişini bildirmoqda.
Ta'kidlanişiça, joriy paxta mavsumida xarid uçun 200 milliard söm qöşimça mablağlar ajratiladi.
«Bu öz navbatida töqimaçilik korxonalari tomonidan qoplanişi kutilmoqda. Zanjir paydo bölsa, yengil sanoatda raqobat kuçayadi va tovar tannarxi tuşa boşlaydi. Korxonalarning daromadliligi oşib, tuşumlar köpayişi kerak», — deydi Moliya vaziri örinbosari Sultonov.












