3 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov va vazirlikning mutasaddi xodimlari hamda jurnalistlar iştirokida oçiq muloqot bölib ötdi.
Tadbirda iştirok etgan Kun.uz muxbiri vazirdan Samarqandda öqituvçilarga xarid çeklarini yiğib topşiriş böyiça vazifa berilganini aytib, bu holat yuzasidan izoh berişini söradi.
«Bu prezident talabiga sabotajdan özga narsa emas. Kun.uz saytiga rahmat aytaman, kuni keça Namangandagi holat, ya'ni ta'lim tizimi xodimlariga beton quydiriş böyiça ham maqola qilib berildi. Samarqanddagi holatga ham e'tibor qaratilmoqda. Aynan mana şunday OAV va jamoatçilik nazorati orqali bu kabi holatlarga murosasizlikni şakllantirişimiz kerak.
Endi bevosita holatga kelsak, biz buni albatta örganamiz. Ammo öqituvçilardan ham bir narsani söragan bölardim – bunday vaziyatlarda şikoyat qilişdan qörqmanglar. Axir şunça qarorlar qabul qilinyapti, davlatimiz rahbarining özi bu böyiça qat'iy talablar qöyyapti.
Namangandagi holatni örganganimizda bizga işlaganlar öqituvçilar emasligi, maktablardagi texnik xodimlar ekanligi bahona qilindi. Nima farqi bor? Baribir ular ham xalq ta'limi tizimi xodimi-ku, majburiy işlatiş-ku bu? Bunga çek qöyişimiz kerak», – deya javob berdi Şerzod Şermatov.
Bundan avvalroq Kun.uz saytida Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi 54ta maktabning öqituvçilari majburiy mehnatga jalb etilgani, ular 29 iyun kuni tumandagi Namuna qişloği yaqinidagi anhor böyiça beton quyişgani töğrisida xabar berilgandi.
Şuningdek, ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari rektorlariga, XTB tizimidagi barça maktab direktorlariga öz qöl ostidagi öqituvçilarga savdo çeklarini yiğişni buyuriş topşiriği berilgani haqida xabar tarqaldi.
Xabar qilinişiça, endilikda öqituvçilar yoqilği quyiş şoxobçalari yoki dökonlarga borib, naqd pul bergan xaridorlarga yoki kassirga yalinib, 2 ming sömdan yoki 5 ming sömdan 10ta çek urdirib olişmoqda.












