Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov 27 milliondan ortiq özbekistonlikning şaxsiy maʼlumotlari hakerlar guruhi tomonidan qölga kiritilgani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berdi. U kiberxavfsizlikka ajratiladigan mablağlarni köpaytiriş va axborot tizimlaridagi zaifliklarni öz vaqtida bartaraf etiş zarurligini taʼkidladi.

Vazirning aytişiça, sunʼiy intellektni rivojlantirişga sarmoya kiritiş bilan birga, uning ortidan kelib çiqişi mumkin bölgan xavflardan himoyalanişga ham mablağ ajratiş muhim.

Şerzod Şermatov sönggi kunlarda dunyoda hakerlik hujumlari bilan boğliq xabarlar köpayganini qayd etdi. Uning taʼkidlaşiça, 27 milliondan ortiq maʼlumot tarqalgani haqida şov-şuv kötargan Butterfly guruhining özi ham bu harakatdan közlangan maqsad kiberxavfsizlik muammolariga eʼtibor qaratiş bölganini bildirgan.

«Lekin hozir tarqalmadi degani, zudlik bilan çoralar körilmasa, ertaga bunday holat bölmasligiga kafolat degani emas», - deb yozdi vazir.

Uning qayd etişiça, sunʼiy intellekt eski axborot tizimlaridagi zaifliklarni aniqlaş jarayonida katta özgarişlarga sabab bölmoqda. Natijada avvalgi davrlarga nisbatan aniqlanayotgan zaifliklar soni bir neça baravarga oşgan.

Şu munosabat bilan davlat, nodavlat va tijorat taşkilotlari öz axborot tizimlaridagi zaifliklarni muntazam aniqlab, ularni öz vaqtida bartaraf etib borişi kerak.

Vazir tizimlarni yaratiş va boşqarişga masʼul idoralar hamda kompaniyalarni kiberxavfsizlik uçun qöşimça mablağ ajratişga va malakali mutaxassislar tayyorlaşga çaqirdi. Şuningdek, taşkilotlar Davlat xavfsizlik xizmati Kiberxavfsizlik markazi tavsiyalari va UzCERT xizmati xabarlarini kuzatib borişi, yangi aniqlangan zaifliklarni bartaraf etişi zarurligini taʼkidladi.

Avvalroq, 27 milliondan ortiq özbekistonlikning şaxsiy maʼlumotlari tarqalgani haqidagi xabarlar ortidan özini Butterfly deb atagan xakerlar guruhi rasmiy bayonot eʼlon qildi. Şerzod Şermatov öz xabarida uşbu guruh kanaliga havola bergan.

Guruh özini «oq xakerlar» - axborot tizimlaridagi zaifliklarni aniqlaş va ularni bartaraf etişga kömaklaşiş bilan şuğullanuvçi mutaxassislar jamoasi sifatida taniştirgan. Ularning taʼkidlaşiça, sönggi kunlarda internetda tarqalgan maʼlumotlar haqiqiy kiberhujum yoki maʼlumotlarning töliq sizib çiqişi emas, balki masʼul idoralarga qaratilgan ogohlantiriş bölgan.