«Atletiko» klubi rahbariyati hujumçi Antuan Grizmann va «Barselona» bilan boğliq vaziyat böyiça rasmiy bayonot berdi.

«Barselona» prezidenti Jozep Mariya Bartomeuning futbolçimiz Antuan Grizmann haqidagi sözlaridan keyin, «Atletiko» quyidagilarni ma'lum qiladi.

14 may kuni Antuan Grizmann «Atletiko» prezidenti Migel Anxel Xil, boş murabbiy Diyego Simeone va sport direktori Andrea Berta bilan uçraşib, mavsum oxirida klubni tark etmoqçiligini aytdi.

Bir neça kundan söng biz «Barselona» va futbolçi fevral oyida maxfiy muzokara boşlaganini, mart oyida esa kelişib olganini bilib qoldik.

Bugun prezident Bartomeu «Atletiko» klubi bilan Grizmann böyiça muzokara boşlaganini e'lon qildi. Bu – rost. Haqiqatdan ham Migel Anxel Xil «Barselona» boş direktori Oskar Grau bilan uçraşdi. Unda janob Grau Grizmanning şartnomasidagi tovon puli 1 iyuldan boşlab 200dan 120 million yevroga pasaygani tufayli, bu tölovni keçiktirişni talab qildi.

«Atletiko» bunga rad javobini berdi. Çunki «Barselona» va futbolçi bu xatti-harakatlari bilan «Atletiko» va uning muxlislarini hurmat qilmasligi oydinlaşdi.

Şularni hisobga olgan holda, «Atletiko» bugun futbolçiga, uning singlisi va agentiga, şuningdek advokatiga rasman murojaat qilib, amaldagi şartnoma bandlariga muvofiq, yakşanba kuni klub qarorgohiga yetib kelişini talab qildi. Endi Grizmann boşqa futbolçilar qatori mavsumoldi tayyorgarligini boşlaşi şart.

Bu bayonot orqali «Atletiko» har ikkala tomonning, ayniqsa «Barselona»ning xatti-harakatlaridan jirkanişini ma'lum qiladi. «Barselona» mavsum davom etayotgan paytda va muhim öyinlar pallasida özi bilan çempionlik uçun kuraşayotgan jamoa futbolçisini oğdirib olişga, uni şartnomani bekor qilişga undagan. 

«Barselona»ning bu işi şartnomaga ega futbolçilar bilan muzokara ötkaziş va sport musobaqalari yaxlitligini ta'minlovçi asosiy qoidalarga ziddir, şuningdek «Atletiko» va uning muxlislariga zarar yetkazuvçi holatdir», – deyiladi «Atletiko» bayonotida.