Hukumat qarori bilan boş vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonalari faoliyatini taşkil etiş böyiça bir qator nizomlar tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Bular:
Özbekiston Respublikasi boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonalari faoliyatini taşkil etiş va muvofiqlaştiriş kotibiyati töğrisidagi;
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi Özbekiston Respublikasi boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonalari töğrisidagi;
Tumanlar va şaharlardagi Özbekiston Respublikasi boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonalari töğrisidagi.
Boş vazir qabulxonasi tomonidan murojaatlarni qabul qilişning belgilangan tartibiga köra, qabul jadvali asosida Işçi guruh tomonidan boş vazir qabulxonalarida tadbirkorlar hamda çet ellik investorlarni qabul qiliş har kuni soat 9.00 dan 13.00 gaça amalga oşiriladi.
Soat 14.00 dan 18.00 gaça kunning birinçi qismida kelib tuşgan murojaatlarni umumlaştiriş, röyxatga oliş, yagona portalga kiritiş va boşqa funksional vazifalar amalga oşiriladi.
Boş vazir qabulxonasida murojaatlar oğzaki, yozma va elektron şaklda şaxsan yoki poçta aloqa vositasi orqali qabul qilinadi.
Tadbirkorlar va çet ellik investorlar şaxsan murojaat qilgan taqdirda boş vazir qabulxonasida navbat böyiça tartib raqamini oladi va kutiş uçun ajratilgan joyda xodimning çaqirişini kutadi.












