Qöqon şahrida Farğona viloyat maktabgaça ta'lim boşqarmasi tomonidan “Yilning eng yaxşi tarbiyaçisi” körik tanlovining viloyat bosqiçi ötkazildi.

Maktabgaça ta'lim muassasalari pedagog xodimlarining innovatsion faoliyatini qöllab quvvatlaş, ilğor pedagogik tajribalarni ommalaştiriş, kadrlar salohiyatini oşiriş, pedagog kadrlar bilan işlaş samaradorligini oşiriş maqsadida ötkazilgan körik tanlovda viloyatning 19 ta tuman va şahridan 57 nafar pedagog iştirok etdi.

Hakamlar hay'atining yakuniy qaroriga köra , “Yilning eng yaxşi metodist tarbiyaçisi” yönalişi böyiça Quvasoy şahridagi 22-MTM metodisti Maftuna Xokimjonova, “Yilning eng yaxşi ijodkor tarbiyaçisi” yönalişi böyiça Farğona şahridagi 52-MTM tarbiyaçisi Xulkar Akramova, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qöllaydigan eng yaxşi tarbiyaçisi” yönalişi böyiça Marğilon şahridagi 35-MTM tarbiyaçisi Manzuraxon Qosimova viloyat bosqiçida eng yuqori örinni egallab respublika bosqiçiga yöllanma olişdi.


Ötkazilgan tadbir davomida san'atkorlar ijrosida kuy-qöşiqlar ijro etilib, iştirokçilarga Farğona viloyat hokimligi va Farğona viloyat Maktabgaça ta'lim boşqarmasi tomonidan esdalik sovğalar va faxriy yorliqlar topşirildi.











