Xitoyning Tszinan şahrida erkaklarga oçiq badan bilan yuriş taqiqlandi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar berdi.
Şahar rahbariyati erkaklarning yarim yalanğoç yuriş odatiga çek qöyişga qaror qildi, çunki bu “şahar imijiga putur yetkazadi”.
Xitoyliklar orasida erkaklarning bunday yurişi “Pekinça bikini” deb ham ataladi. Yozda bunday yarim yalanğoç erkaklarni jamoat joylari, restoran, plyaj, boğ va avtobuslarda köplab uçratiş mumkin.
2 iyunda şahar rahbariyati aholi jamoat joylarida kiyimda yurişi va özini “madaniyatsiz tutişni”, jumladan belgilanmagan joyga çiqindi taşlaş va daryo hamda favvoralarda oyoqlarni yuvişni bas qilişi söralgan ogohlantiriş e'lon qilgan.












