2019 yil 02 iyul kuni soat 15:00 larda fuqaro F.T. (1999 yilda tuğilgan) Denov tumani, Lolazor mahallasidagi “Habibobod” bozori hududida joylaşgan ayollar hojatxonasida qiz bola çaqaloqni tuğib, hojatxona içiga taşlab ketgan.
Boş prokuratura xabariga köra, undan keyin hojatxonaga kirgan ayol çaqaloq yiğisini eşitib, odamlarni yordamga çaqirgan. Natijada çaqaloq qutqarib qolinib, kasalxonaga joylaştirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro F.T.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 99-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan oldin, Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati çaqaloqning hayoti saqlab qolingani va uning ayni vaqtdagi holati haqida ma'lumot bergandi.
«Şifokorlar körsatgan tibbiy muolajalardan keyin çaqaloqning umumiy ahvoli qoniqarli bölib turibdi. Ayni paytda tibbiyot xodimlari tomonidan sun'iy oziqlantirilmoqda. Çaqaloq jinsi - qiz bola, oğirligi - 3500 gramm, böyi - 50 santimetr.
Hozirda çaqaloq ahvoli Soğliqni saqlaş vazirligi nazoratiga olingan. Şifokorlar çaqaloq hayoti uçun kuraşmoqda», deya Kun.uz’ga xabar bermoqda Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi boşliği Furqat Sanayev.












