Surxondaryo viloyati IIB YHXB inspektori pora oliş jinoyatida ayblanib, ozodlikdan mahrum qilindi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmiga köra, F.I. IIB tizimida 2006-yildan işlagan. 2014-yil iyulda pora oliş jinoyatiga ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Oliy sud jinoyat işlari böyiça sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining 2022-yil 18-iyuldagi hukmi bilan 2014-yildagi sud hukmi bekor qilingan va oqlangan. Şundan söng IIB tizimiga işga tiklangan hamda 2023-yil mayidan Surxondaryo viloyat IIB YHXB katta inspektori lavozimida işlab kelgan.
F.I. Boysun tumanidagi muntazam YPX maskanida xizmat olib borgan. U Qumqörğon tumanidagi işlab çiqariş kooperatividan Qarşi şahridagi MÇJga paxta ortib ketayotgan yuk maşinalarni maskandan ötkazmasdan, töxtatib qöygan. Fermer xöjalik rahbarlariga esa göyoki “Surxondaryo viloyat IIB YHXB boşliğining paxta tolasi viloyat hududidan çiqib ketmasligi haqida buruği borligini” aytgan.
Xodim har biriga 100 ming sömdan pul berilsa, yuk maşinalarni YPX maskanidan tösiqlarsiz ötkazib yuborişini, aks holda ularni ortga qaytarişini bildirgan. U YPX maskanidan ötkazilgan paxta ortilgan yuk maşinalari hisobidan 2026-yil 20-fevralda 1,4 mln söm, 28-fevralda 1,5 mln sömni qölga kiritgan. Şuningdek, 41 ta maşina uçun 4,1 mln söm berişni talab qilgan.
2-mart kuni huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda F.I. talab qilgan 4,1 mln sömdan 4 mln sömini olgan vaqtida uşlangan.
F.I. qilgan işidan puşaymonligini, qaramoğida 5 nafar farzandi borligini, oilasida yolğiz boquvçi ekanini bildirib, suddan yengillik söragan.
JIB Boysun tuman sudining hukmi bilan F.I. Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) 2-qismi “v” bandida körsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga 2 yil muddatga içki işlar organlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Apellyatsiya sudi dastlabki sud hukmini özgarişsiz qoldirgan.












