DXX xabariga köra, tadbir Davlat xavfsizlik xizmati va içki işlar organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan.
Toşkent viloyatidan harakatlanib kelgan avtomobilni Denov tumanida yaşovçi, 1977-yilda tuğilgan şaxs boşqargan. Maşina tuman hududida töxtatilib, tekşirilganda yukxonadagi gazballoni içiga 43 ta öramda opiy yaşirilgani maʼlum bölgan.
Tezkor tadbir davomida uşbu giyohvandlik vositasini olib ketiş uçun kelgan, 1960 va 1983-yillarda tuğilgan ikki fuqaro qölga olingan. Ular Denov va Sariosiyo tumanlarida yaşaydi. Rasmiy xabarda ikkalasi ham avval giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyat uçun sudlangani qayd etilgan.
Keyingi bosqiçda Sariosiyo tumanida yaşovçi, 1978-yilda tuğilgan şaxs ham uşlangan. DXX uni qöşni davlatdan olib kelingan giyohvandlik vositasining buyurtmaçisi sifatida körsatgan. U ham muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan boğliq jinoyat uçun sudlangan.
Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.

















