Özbekiston Respublikasi prezidentining «Soliq ma'muriyatçiligini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning mazkur qarorida «Soliq ma'muriyatçiligini takomillaştiriş strategiyasini amalga oşiriş böyiça «yöl xaritasi» ma'qullangan. Çora-tadbirlarni amalga oşiriş mexanizmlari, ijro muddati va mas'ullar belgilangan.
«Yöl xaritasi»ning ikkinçi bobi — «Xizmat körsatişga yönaltirilgan soliq xizmatlarini rivojlantiriş çora-tadbirlari» orasidan quyidagilar örin olgan:
· Soliq xizmatlarini körsatiş böyiça mobil ilovalar sonini köpaytiriş (özini özi iş band qilgan fuqarolarning röyxatdan mustaqil ötişi va soliqlarni tölaşi, yuridik şaxsning uluşi böyiça qöyilgan taqiqlar (band solingan) haqidagi ma'lumotnomalarni oliş, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini tekşiriş va boşqalar).
· Soliq soliş maqsadida yer va köçmas mulkning kadastr hisobi va qiymatini baholaş bilan töliq qamrab olişni ta'minlaş çora-tadbirlarini amalga oşiriş uçun kadastr va soliq organlari ma'lumotlar bazalarini integratsiyalaştiriş.
· Soliq tölovçilarga xizmat körsatiş böyiça soliq organlarining ayrim funksiyalarini nodavlat taşkilotlarga (autsorsing) ötkaziş böyiça takliflar tayyorlaş.
· Daromad soliği va mol-mulk soliğini tölaş muddatlarini va ma'lumotnomalar taqdim etiş tizimini qayta körib çiqiş.
· Körsatiladigan soliq xizmatlari sifatiga soliq tölovçilarning qoniqiş darajasini anonim baholaş imkoniyatini yaratiş uçun Davlat soliq qömitasining rasmiy veb-saytida qöşimça funksiyalar kiritiş.
· Soliq organlari bölinmalari faoliyatining samaradorligini jamoatçilik fikri natijalarini hisobga olgan holda reyting baholaşni joriy etiş.
· Soliq tölovçilarning aniq ehtiyojlaridan kelib çiqib (töliq maslahat beriş, buyurtmanomalar, ariza va şikoyatlar qabul qiliş), «call-markaz» funksiyalarini kengaytiriş orqali soliq tölovçilarga xizmatlar körsatiş, şuningdek, soliq ma'muriyatçiligini yaxşilaşga doir takliflarni işlab çiqiş borasidagi dolzarb muammolarni çuqur tahlil qiliş uçun köp beriladigan savollar va kelib tuşadigan murojaatlar asosida Davlat soliq qömitasining doimiy yangilanadigan ma'lumotlar bazasini yaratiş.
· Özbekiston Soliq maslahatçilari palatasini soliq maslahatçilari taşkilotlarining unga majburiy a'zo bölişini nazarda tutuvçi özini özi nazorat qiladigan taşkilotga aylantiriş, soliq maslahatçilarini öqitişni taşkil qiliş, malaka imtihonlarini ötkaziş va sertifikat beriş vazifalarini topşiriş orqali uning faoliyatini takomillaştiriş.












