Şu kunlarda qaysi oliy ta'lim muassasasiga bormang, har birida yuzlab, minglab yoşlarga közingiz tuşadi. Ularning aksariyati özlari tanlagan yönalişlar böyiça hujjat topşiriş uçun tong otar-otmas yölga çiqib, şu yerga yetib kelişgan. Bu yerda esa navbat kutişga töğri keladi. Ayniqsa, yozning jazirama issiğida terlab-pişib navbat kutişning özi bölmaydi. Hatto ayrim oliy ta'lim muassasalarida issiqning beayov zabtiga çiday olmay huşini yöqotib qöyayotgan abituriyentlar haqida ham eşityapmiz. Bunday holatlar kuzatilişi, uzundan-uzun navbatlar yuzaga kelişi qabul jarayonida öziga yaraşa kamçiliklar, muammolar borligini körsatib turibdi.

Bu borada Farğona şahridagi işlar qanday yölga qöyilgan? U yerda abituriyentlar qiynalib qolmasligi uçun barçasi inobatga olinganmi? Abituriyentlarda e'tirozlar yöqmi?

Biz şu kabi savollarga javob topiş maqsadida Farğonadagi oliy ta'lim muassasalarida hujjat qabul qiliş jarayonini kuzatdik.

Dastavval Farğona davlat universitetida böldik. Oliygohga kiraverişda «ajiotaj» közga taşlanmadi. Universitet hovlisiga kirib borganimiz sari «qabul jaziramasi» sezila boşlaşini kutgandik, lekin u yerdagi holatni «iliq» deb baholasak bölaverar ekan. Boşqa joylarda navbat talaşiş holatlariga guvoh bölganimiz bois közlarimizga işongimiz kelmadi. Biroq hujjatlar rasmiylaştirilayotgan ikki binoda ham öziga xos sokinlikka duç keldik.

Bir argumentni aytib ötiş joiz, mazkur ta'lim dargohiga ham kuniga 2-3 ming atrofida abituriyent kelyapti, faqat qabul komissiyasi iş taşkil qilişga mas'uliyat bilan yondaşgan. Oddiygina qilib aytganda, universitet ostonasini xatlab ötgan abituriyentga navbat raqami tuşirilgan «jyeton» beriladi va uşbu qoğozda öz tartib raqamini bilgan abituriyent töpolonsiz öz navbati kelguniça şahar aylanib ham kelişi mumkin. Töpolon va «ur-sur»lar yöq.

Buning sababi sal keyinroq qabul komissiyasining mas'ul kotibi Ravşanbek Pirnazarov bilan suhbatlaşgan çoğimizda oydinlaşdi.

— Qabul jarayonini ikkita binoda taşkil etganmiz. Abituriyentlarning hujjatlarini rasmiylaştiriş uçun 42 nafar xodim jalb etilgan. Şunça kompyuter ham uzluksiz işlab turibdi. Ayrim hollarda DTM dasturida uzilişlar röy berayotgani sababli öziga xos muammolar yuzaga kelmoqda. Masalan, keçagi kuni tuşlikdan keyin hujjatlarni kutilgan darajada qabul qila olmadik. Dastur yaxşi işlab tursa, bitta abituriyentning hujjatlarini rasmiylaştirişga atigi 5 daqiqa vaqt ketadi.

— Ayrim şaharlarda uzundan-uzun navbatlarga, abituriyentlarning örin talaşişlariga guvoh bölgandik. Sizlarda esa hammasi batartib ekan. Buning boisi nimada?

— Bizda ham navbatda turganlar qatorlaşib ketadi. Lekin har biri uçun jyeton joriy etganmiz. Bu jyetonlarda tartib raqami va sanasi yozib qöyilgan. Abituriyentlar şunga qarab hujjat topşirişadi. Aytaylik, 100-raqamli jyeton egasi hujjatlarini topşirayotgan paytda kelgan yigit yoki qiz 400-raqamli jyetonni olsa, orada neça soat vaqti borligini çamalab, şaharga çiqib aylanib keladi. Şu bois, bizda örin talaşiş degan narsa yöq. Bundan taşqari, abituriyentlarga Davlat xizmatlari markazlariga ham boringlar, universitetimiz ham öşa oltilik röyxatiga kiritilgan, deyapmiz. Lekin baribir şu yerga kelişyapti. Bittasi u yerda hujjat qabul qilişmayapti, degandi. Darrov qönğiroq qildim. DXM vakili telefonni öşa abituriyentga berişimni söradi. Haligi yigit esa u bilan gaplaşişdan boş tordi. Negaki, DXMga bormagan. Buni ham töğri tuşuniş kerak aslida. Çunki aksariyat abituriyentlar universitetning öziga hujjat topşirsam, işonçliroq böladi, deb öylaydi.

Mas'ul kotibning aytişiça, ayrim abituriyentlar tanlagan yönalişini bir neça martadan özgartirib ketişyapti. Bugun hujjatni rasmiylaştirib uyiga ketadi. Ertasiga esa ikkinçi yo uçinçi yönalişni özgartiriş uçun keladi. Öğil yoki qizining tanlovidan qoniqmagan ota-onalar ham kelib turişadi.

«Biz bunga qarşi emasmiz. Lekin yönalişni özgartiriş uçun kelayotganlar bilan bir-ikkita xodimimiz band bölib qolyapti. Bunday vaziyatda işning bir maromda ketişiga putur yetib qolişi mumkin. Şuningdek, biz Farğonadagi boşqa institutlarga ham hujjat qabul qilyapmiz. Çunki tumanlardan qatnovçi köplab transport vositalari universitetimiz yonidan ötadi.

Şuni ta'kidlaş kerakki, mazkur OTMga hujjat topşirgan abituriyentlar soni 12,5 ming nafardan oşdi. Sirtqi ta'limga esa hozirça 3200 nafardan ortiq talabgor hujjat topşirdi. Kunduzgi ta'limda eng köp hujjat maktabgaça ta'lim yönalişiga rasmiylaştirildi (1356ta). Boşlanğiç ta'lim, jismoniy madaniyat va biologiya yönalişlarida ham talabgorlar köp», deya qöşimça qildi Ravşanbek Pirnazarov.

Universitetni tark etiş çoğida abituriyentlar bilan qisqaça suhbatlaşdik. Ular noliydigan holatlar yöqligini aytişdi. Xususan, Dilafröz Hasanboyeva ertalab soat yettilarda kelganini, 274-raqamli jyetonni olgani bois navbati kelişini kutayotganini ta'kidladi. Farğona tumanidan, Çimyon tomondan kelgan abituriyent qiz esa ertalab kelib 521-raqamli jyeton olgan ekan. Endi hamma qatori sabr-toqat bilan navbati kelişini kutyapti. Bu yerda ham minglab abituriyentlar hujjat topşiryapti, lekin körib turibmizki, talaşib-tortişiş, «ur-sur» degan narsalar umuman yöq.

Bunday holatni Toşkent axborot texnologiyalari universitetining Farğona filialida ham kuzatdik. Qabul hay'atining ma'ul kotibi Ravşanbek Zulunov quyidagiça ma'lumot berdi:

— Filialimiz uçun kunduzgi ta'limga 330ta, sirtqiga 75ta kvota ajratilgan. 5ta yönaliş bor. Hozirgaça kunduzgiga hujjat rasmiylaştirgan abituriyentlar soni 900 nafardan oşdi, sirtqida esa 230 nafar böldi. Bular birinçi yönaliş sifatida tanlaganlar xolos. Boşqa institutlarda filialimizni ikkinçi yoki uçinçi yönaliş sifatida tanlaganlar soni haqida hozirça bizda ma'lumot yöq. Lekin ular ham tanlovda qatnaşadi. Qabul jarayonini kuzatiş asnosida amin böldikki, navbat kutayotgan har bir abituriyent uzoği bilan bir soat içida hujjatlarini rasmiylaştirib uyiga qaytyapti.

Farğona OTMlarida biz borgan 10 iyul kuni holat me'yorda ekaniga guvoh böldik.  

Elmurod Ermatov, Farğona