Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq ma'muriyatçiligini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Prezidentning mazkur qarorida «Soliq ma'muriyatçiligini takomillaştiriş strategiyasini amalga oşiriş böyiça «yöl xaritasi» ma'qullangan. Çora-tadbirlarni amalga oşiriş mexanizmlari, ijro muddati va mas'ullar belgilangan.

«Yöl xaritasi»ning törtinçi bobida — Davlat soliq xizmati organlarining faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari sanab ötilgan:

·        Soliq ma'muriyatçiligi xarajatlarini kamaytiriş va soliq nazorati sifatini oşiriş, şuningdek, uni avtomatlaştiriş maqsadida soliq organlari tizimiga zamonaviy biznes-tahlillar modellarini (Business Intellegence) joriy etiş.

·        Soliq tölovçilarga aniq vaqt rejimida körsatiladigan xizmatlar röyxatini, şu jumladan, eksterritorial prinsip asosida körsatiladigan xizmatlarni kengaytirişga yönaltirilgan raqamli texnologiyalarni soliq ma'muriyatçiligiga bosqiçma-bosqiç joriy etiş, soliq organlarining axborot kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantiriş va modernizatsiya qiliş.

·        Soliq organlari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligi (KPI) körsatkiçlaridan (körsatilgan xizmatlarning soni va sifati, xizmat körsatiş tezligi, xodimning xuşmuomalaligi va bilimidan) kelib çiqib, ularni moddiy rağbatlantiriş, xizmatda lavozimini oşiriş, mukofotlaş, intizomiy çoralar qöllaş tizimini joriy etiş.

·        «Xolis xaridor» tizimini keng joriy qiliş, «xufiyona iqtisodiyot» böyiça «işonç telefonlari»ni taşkil qiliş va mazkur sohada tasdiqlangan xabarni bergan şaxslarni hamda soliqlarni tölaşdan böyin tovlaş «sxema»larini va xufiyona faoliyatlarni aniqlaganlik uçun soliq organlari xodimlarini rağbatlantiriş mexanizmlarini takomillaştiriş.

·        Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning zamonaviy usullari, xalqaro soliqqa tortiş, transfer narxlarni belgilaş, tavakkalçiliklarni tahlil qiliş, biznes-tahlil texnologiyalari (Business Intellegence) va soliq ma'murçiligida ilğor axborot texnologiyalarini (Big Data) qöllaş asosida soliq organlarining xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşirişni taşkil etiş.

·        Soliq organlariga işga qabul qilişda (vakant lavozimlarni egallaş) tanlov tizimini, şu jumladan, nomzodlarning elektron şaklda murojaat etiş imkoniyatini nazarda tutgan holda joriy etiş.