Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Oiladagi zöravonlik masalalari, turli vaziyatlar tahlili va bu borada olib borilayotgan çora-tadbirlar” mavzusida brifing jurnalistlar bilan muloqot bölib ötdi.

Unda Prezident qaroriga muvofiq, joylarda zörlik işlatişdan jabr körgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş bilan şuğullanadigan 165 ta markaz faoliyati yölga qöyilgani ma'lum qilindi. Har bir markazda psixolog, huquqşunos, ijtimoiy soha va tibbiyot xodimlari jamoatçilik asosida faoliyat yuritmoqda.

Hozirga qadar uşbu markazlarga 5 ming 468 nafar xotin-qiz murojaat etgani qayd etildi.

Qömita IIV bilan hamkorlikda joylarda xotin-qizlar va yoşlar tomonidan sodir etilayotgan öz joniga qasd qiliş holatlarini tahlil qiliş maqsadida vaziyatni joylarga çiqqan holda örganayotganini ta'kidladi. Aytilişiça, uyma-uy yuriş davomida mahallalar kesimida notinç oilalar, ruhiyatida salbiy özgariş bölgan fuqarolar aniqlanib, ular bilan individual işlar taşkil qilingan.

“Hozirgi vaqtda öz joniga qasd qiliş dunyo miqyosida jamiyatning global muammosiga aylanib qoldi, — dedi Xotin-qizlar qömitasi raisi Elmira Bositxonova. — Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining ma'lumotiga köra, har yili 4-5 million nafar inson öz joniga qasd qiladi. Yevropa mamlakatlari bu borada oldingi örinlarda”.

Ta'kidlanişiça, suiqasdning eng yuqori körsatkiçlari sönggi yillarda rivojlangan mamlakatlarda qayd etilmoqda. Masalan, har 100 ming kişiga — Litvada 68,1 ta holat, Belarusda 63, Rossiyada 58, AQŞda 52, Şri Lankada 44, Ukrainada 40 ta holat töğri keladi.

“Özbekistonda esa öz joniga qasd qiliş böyiça yiliga har 100 ming kişiga 5,2 ta holat töğri kelmoqda, — dedi Bositxonova. — Lekin şu körsatkiç ham biz uçun köp. Şuning uçun davlatimiz rahbari bu muammoga jiddiy e'tibor beriş, uning oldini oliş çoralari böyiça topşiriqlar beryaptilar”.

Qömita raisi mazkur holatlarni globallaşuv davri bilan izohladi, globalizatsiyaning ayançli ta'sirlari Özbekistonga yetib kelişi mumkinligidan xavotir tuyişini aytdi.

“Özbekistonda 2019 yilning ötgan davrida erkaklar va ayollar örtasidagi suiqasd körsatkiçlari tahlil qilinganda, erkaklar bilan boğliq holat 57,3 foizni, ayollar bilan boğliq holat 42,7 foizni taşkil etdi”, — dedi Elmira Bositxonova.

Jurnalistlar öz joniga qasd qilayotganlarning neçtasi erkak, neçtasi ayol ekani, qançasi voyaga yetmaganlar va şundan qançasi qizlar ekani haqida aniq statistik raqamlar keltirişni söradi.

“Men foiz körsatkiçlarida aytib ötdim, buni aholi soniga taqsimlab hisob-kitob qilsa, aniq raqamlar kelib çiqadi, — dedi Bositxonova. — Özbekiston aholisi 33 mln ekanini inobatga olsak va foizlar kesimida çamalasak, mamlakatimizda 700 dan ortiq erkak hamda 600 ga yaqin ayol suiqasd qilayotgani ma'lum böladi”.