U.A. Bulunğur tumanidagi obektlarni qöriqlaş böyiça 1-alohida otryadi 1-guruh safdor xodimi vazifasida işlab kelgan, deb xabar bermoqda Zarnews. 

Jinoyat işlari böyiça Bulunğur tumani sudi raisi Farhod Xudoyberdiyevning yozişiça, «Agrobank» ATB Bulunğur filiali binosini qöriqlaş unga topşirilgan. U öz vazifasidan foydalanib, «Agrobank» ATB Bulunğur filiali valuta ayirboşlaş şoxobçasi nazoratçi kassiri O.S. bilan özaro jinoiy til biriktirgan. Ular 1 AQŞ dollarining sömga nisbatan davlat bahosi 8420 söm ekanligini bilgani holda, fuqaro D.M.ning işonçiga kirib, unga 1 AQŞ dollarini «qora bozor» bahosida, ya'ni 8540 sömdan ayirboşlab berişini aytgan.

Ayol rozi bölgaç, U.A. undan 51 mln 240 ming söm miqdoridagi pullarni olib, O.S.ga bergan va qiymati 50 mln 748,9 ming söm bölgan 6000 AQŞ dollari miqdoridagi valuta qimmatliklariga ayirboşlagan. U.A. 6000 AQŞ dollarini D.M.ga berayotgan vaqtida, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Bulunğur tuman bölimi va Davlat xavfsizligi xizmati viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan aşyoviy dalil bilan uşlangan.

Sud U.A.ga 3 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinladi. Şuningdek, u 3 yil muddatga muayyan huquqdan, ya'ni davlat iştirokidagi taşkilot, muassasa, korxonalarda moddiy va mansabdorlik lavozimlarida hamda içki işlar organlarida işlaş huquqidan mahrum etildi.

O.S. esa 2 yil-u 6 oy muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi hamda 2 yil muddatga muayyan huquqdan, ya'ni davlat iştirokidagi taşkilot, muassasa, korxonalarda moddiy va mansabdorlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum etildi.