Sönggi yillarda mamlakatimizning barça sohalarida bölgani kabi elektr energetikasi sohasida ham tub özgarişlar amalga oşirilmoqda. Ötgan qisqa fursat içida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida elektr energetikasi tizimi mutasaddilari bilan ötkazilgan uçraşuvlari, hududlarga taşrifi davomida bergan taklif va tavsiyalari hamda sohani kompleks rivojlantirişga qaratilgan qator farmon, qarorlari asosida tizim faoliyati tubdan qayta körib çiqilib, yangiça körinişda taşkil etilayotgani fikrimiz isbotidir.
Uşbu ezgu sa'y-harakatlarning mantiqiy davomi sifatida poytaxtimizning Yaşnobod tumanida elektr ta'minoti korxonasining yangi, uç qavatli zamonaviy binosi qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanişga topşirildi. Natijada, tuman aholisi uçun elektr energetikasi ta'minoti yanada yaxşilanib, malakali mutaxassislar tomonidan iste'molçilarga eng zamonaviy texnologiyalar asosida innovatsion xizmat körsatiş imkoniyatlari yaratildi.

Tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boşqaruvi raisi Uluğbek Mustafoyev öz sözida foydalanişga topşirilayotgan uşbu binoda iste'molçilarga uzluksiz va sifatli xizmat körsatiş, murojaatlarga öz vaqtida javob beriş hamda dunyo andozalariga mos ravişda xizmat körsatiş uçun barça şaroit yaratilganini ta'kidlab ötdi.

Mazkur zamonaviy binoda barça qulaylikka ega bölgan xoll va zallar iste'molçilar xizmatida. Qolaversa, röyxatga oliş işlarini tizimli ravişda yölga qöyiş maqsadida zamonaviy talablarga töla javob beruvçi uçta monitor hamda yuqori tezlikda işlovçi bepul Wi-Fi tarmoği ham joriy qilindi. Bundan taşqari, mijozlar uçun özbek va rus tillarida sohaga oid ma'lumotlar, videoroliklar elektron tablolarda aks etib turadi.

Şuningdek, “Fuqarolar qabulxonasi” va “Korxona yuristkonsulti”, tunu kun işlaydigan dispetçerlik xonasi, elektromontyorlar texnik maşğulotlar ötkazişi uçun zamonoviy poligon va korxona hovlisida xodimlar uçun oşxona ham qurib foydalanişga topşirildi.


Yana bir muhim yangilik – joriy yilning avgust oyidan boşlab “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Yaşnoboddagi 71226 ta iste'molçining barçasiga elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimi (ASKUE)ni örnatiş işlari ham boşlanadi.

Tadbir iştirokçilari binoning bölim va xonalarida bölişib, yaratilgan şaroitlar, jihozlanişi, mavjud texnik va texnologik uskunalari bilan tanişdi. Elektron navbatga yoziliş, röyxatxona iş faoliyati va boşqa texnik imkoniyatlarning amalda qöllanilişini bevosita kuzatişdi. Ular muassasaning moddiy va texnik imkoniyatlariga, yaratilgan şaroitlarga yuqori baho berişdi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.










