Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida maktab öquvçisi temir braslet yutişga majburlangani haqidagi xabar tarqaldi. Poytaxt MMTB holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinişiça, holat 2-sentabr kuni Yaşnobod tumanidagi 151-maktabda sodir bölgan. 3-sinf öquvçisi T.M. hojatxonasiga çiqqanda, yuqori sinf öquvçilari tomonidan uning oğziga nomaʼlum jism solingani haqida uning onasi maʼlumot bergan.

Oradan 3 kun ötib, ona öğlining soğligi yomonlaşganligi sababli uni şifoxonaga olib borgan. Tibbiy tekşiruvlar jarayonida bolaning içki qismida nomaʼlum jism borligi aniqlangan.

Onaning aytişiça, öğli voqea haqida öz vaqtida xabar bermagan. Rentgen qilingandagina uning içida yot jism borligi maʼlum bölgan. Oqibatda bola 3 soat davom etgan oğir jarrohlik amaliyotini boşdan keçirgan.

Boşqarmaga köra, hozirgi vaqtda öquvçiga barça tibbiy yordamlar körsatilgan hamda uning ahvoli qoniqarli holatda.

Huquqni muhofaza qiluvçi taşkilotlar holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib bormoqda. Yakuni böyiça qöşimça maʼlumot berilişi bildirilgan.