Xitoyning Huawei korporatsiyasi AQŞdagi Futurewei Technologies, tadqiqotlar bölinmasidagi xodimlari sonini qisqartirişni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi The Wall Street Journal.

Gazeta suhbatdoşlarining aytişlariça, işdan böşaydigan xodimlar soni yuz nafarga yetişi mumkin. Şu bilan birga, kelib çiqişi xitoylik bölgan xodimlarga uylariga qaytiş va korporatsiyadagi işini davom ettiriş taklif qilinadi. 

Naşrning ma'lumot berişiça, Texas, Kaliforniya va Vaşingtondagi Huawei laboratoriyalarida 850ga yaqin mutaxassis işlaydi.

Huawei korporatsiyasi mazkur xabarga hozirça izoh bermadi.