Vaşington keyingi haftada Turkiyaga Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olganligi uçun sanksiyalar e'lon qiladi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lumotlarga köra, AQŞ prezidenti Donald Tramp jamoasi kiritiladigan sanksiyalarni belgilab oldi. Endi bu rejani Tramp ma'qullaşi kerak.
Vaşington Turkiyaga qarşi sanksiyalar kiritilişini keyin hafta oxirida, Turkiyada davlat töntaruviga urinişning 3 yilligi bilan boğliq tadbirlar ötgandan keyin ma'lum qiladi: AQŞda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanni töntarişga urinişni taşkillaştirişdagi yangi ayblovlar qöyilişidan xavotirlanişmoqda.
AQŞ va NATOning boşqa davlatlari Anqarada ham S-400, ham AQŞning 5-avloddagi F-35 samolyotlari paydo bölsa, unda Rossiya majmualarining radarlari F-35’larni aniqlab, ular ortidan kuzatuv olib borişni örganib olişidan xavotir bildirmoqda. Şu sababli 28 iyunda AQŞ senati Turkiyaga qiruvçi samolyotlarni sotişni taqiqladi.
12 iyulda Turkiyaning Anqara viloyatidagi “Myurted” aviabazasiga S-400 qismlari ortilgan 3 ta samolyot yetib keldi. Majmuaning qolgan qismlari yaqin kunlarda yetkazilişi davom etadi.












