Afğonistonning Uruzğon viloyatidagi Ğizob tumanida xorijiy qöşinlarning aviazarbalari natijasida 35dan ortiq tinç aholi halok böldi, deb ma'lum qildi mahalliy parlament a'zosi Qudratulla Rahimi.

Mahalliy aholining sözlariga köra, aviazarbalar Amerika qöşinlari “Tolibon” jangarilari istehkomiga hujum uyuştirib, qarşilikka uçraganidan söng berilgan.

Tinç aholidan taşqari, olti nafar jangari ham halok bölgani aytilmoqda.

Asosan toliblar nazoratida bölgan Ğizob tumani hukumati uşbu xabarni izohlamadi.