DW xabariga köra, Zaporijjya viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari vazifasini bajaruvçi Mixail Semikin hujum turar joylar hududiga qaratilganini bildirgan. Zarbalardan biri maktabdan taşqari taʼlim muassasasi yaqiniga tuşgan.
Viloyat mudofaa kengaşi rahbari Ivan Fedorovning maʼlum qilişiça, bir neçta köp qavatli turar joyning taşqi devorlari şikastlangan.
Rossiya dronlarining hujumlari Ukrainaning boşqa hududlarida ham qurbonlar va vayronagarçiliklarga sabab bölgan.
8-oktabr kuni keçqurun reaktiv dron Ivano-Frankovsk şahriga hujum qilgan. Şahar meri Ruslan Marsinkovning aytişiça, dron parçalari tuşişi oqibatida xöjalik binosida yonğin çiqqan va uni qöriqlayotgan qorovul halok bölgan.
Odessa viloyatida esa reaktiv dronlar zarbasidan söng ikkita turar joy, gaz kompressor stansiyasining maʼmuriy binosi va port infratuzilmasi hududida yonğinlar yuz bergan. Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining viloyat boşqarmasi dastlabki maʼlumotlariga köra, beş kişi jabrlangan.
Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari Rossiya 8-oktabr soat 18:00 dan boşlab jami 136 ta uçuvçisiz apparat qöllaganini bildirgan. Ular orasida Shahed va «Gerbera» hujumkor dronlari hamda «Parodiya» apparatlari bölgan. Jami dronlarning 93 tasi reaktiv Shahed turiga mansub ekani aytilgan.
9-oktabr soat 08:00 holatidagi dastlabki maʼlumotlarga köra, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuçlari 114 ta dronni urib tuşirgan yoki radioelektron vositalar bilan işdan çiqargan. Ularning 77 tasi reaktiv Shahed dronlari bölgan.
Hujumni qaytarişda aviatsiya, zenit-raketa qöşinlari, radioelektron kuraş va uçuvçisiz tizimlar bölinmalari, şuningdek, mobil öt oçiş guruhlari qatnaşgan.
Dronlar sakkizta joyga borib urilgani, yana yettita joyda esa urib tuşirilgan apparatlarning parçalari topilgani xabar qilingan.
Ukrainaning ğarbiy hududlariga hujumlar fonida Polşa ham 8-oktabr keçqurun harbiy samolyotlarini havoga kötargan. Mamlakat Qurolli kuçlari Operativ qömondonligi yerdagi havo hujumidan mudofaa va radiolokatsion razvedka tizimlari yuqori şaylik holatiga keltirilganini maʼlum qilgan.

















