2019 yil 14 iyul kuni Toşkent şahriga Ajlan & Bros Holding Group (Saudiya Arabistoni) raisi şayx Muhammad bin Abdulaziz al-Ajlan boşçiligidagi delegatsiya kelyapti.
Taşrifni taşkillaştirgan Özbekistonning Saudiya Arabistonidagi Elçixonasi bergan ma'lumotga köra, Ajlan & Bros arab erkaklarining klassik kiyimlarini işlab çiqaruvçi yetakçi kompaniyalardan biri bölib, mamlakat içkarisida va boşqa arab davlatlarida 45 ta filial hamda 200 ta ulgurji savdo punktlariga ega.
Ajlan & Bros rahbariyatining taşrif dasturidan Toşkent şahrida Vazirlar Mahkamasida, Investitsiya va taşqi savdo vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi, «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi, «Özbekoziqovqatxolding» kompaniyasi rahbariyati, Andijon va Namangan viloyati hokimlari va boşqa potensial şeriklar bilan uçraşuvlar ötkaziş közda tutilgan.
Taşrif yakunlariga köra, aniq investitsiya loyihalari va mamlakat meva-sabzavot mahsulotlarini Saudiya Arabistoni hamda boşqa qöşni davlatlarga eksport qiliş böyiça kelişuvlarga erişiş kutilmoqda.












