Yangi yil arafasida har birimiz özimiz uçun biror foydali narsani amalga oşiriş haqida va'da beramiz. Ayrimlar mutolaa bilan köproq şuğullanişni rejalaştirsa, boşqalar – zararli odatlarni taşlab, sport bilan şuğullanişni öz oldilariga maqsad sifatida belgilaşadi.  Yaxşi onalar esa yanada yaxşi bölişni asosiy vazifa deb biladilar. Buni uşbu 8 qoida yordamida amalga oşiriş mumkin.

Foto: Unsplash

1. Köproq uxlaşni örganiş

Onaning organizmi ertami yoki keçmi töyib uxlamaslikka odatlanadi, biroq töyib uxlamaslik salomatlik va taşqi körinişga salbiy ta'sir körsatişi mumkin. Ona boşi va beli oğrib tursa, baxtli böla oladimi? Bolalar baxtli va kuç-quvvatga töla onani körişlari lozim. Demak, töyib uxlaşni örganiş kerak – yaqinlardan yordam söraşdan uyalmaslik, mas'uliyatni biroz kamaytiriş  va bolani tezda uxlatiş usullarini özlaştiriş lozim.

2. His-tuyğularingizga e'tiborli böling

Bolaga baland ovozda gapirmaslikni örganiş – ota-ona uçun muhim vazifa. Ayrim hollarda ğazabni uşlab turiş qiyin bölsa-da, baqirmasdan gapirişga harakat qiliş kerak. Bola unga baland ovozda gapirayotganingizni juda yaxşi tuşunadi va bundan kelajakda baxtli bölmasligi aniq.

Foto: Unsplash

3. Umumiy mahorat darslarida iştirok etiş

Aqlli onalar böş vaqtlarini özlari uçun foydali tarzda ötkazişni yaxşi biladilar. Internetda bekorga vaqt sarflagandan köra, ota-ona va bolalar uçun ijodkorlik kurslariga yöl olgan ma'qul.

4. Planşetda vaqtni kamroq ötkaziş

Agar onaning özi planşetdagi öyinlarda bekorga vaqt sarflasa, farzandlar ham undan örnak olişadi. Planşetga tobelik esa bolaning rivojlanişiga salbiy ta'sir körsatadi. Statistikaga köra, «planşet öyinlariga tobe» bolalar köpinça semizlikdan aziyat çekişadi va sekin rivojlanadilar. Şunday ekan, bolalar uçun sevimli elektronikadan foydalanmaslik tavsiya etiladi.

Foto: Unsplash

5. Bolalarni kiçik muvaffaqiyatlari uçun maqtaşni boşlaş

Ota-onalarning hayratda qolişi va maqtovlari bolalarga şirinlik va zör öyinçoqlarga qaraganda samaraliroq iştiyoq beradi. Bolani kiçik yutuqlari uçun ham maqtaş lozim. «Omadsizliklari» uçun bolani jazolaş emas, «Kelasi safar buni albatta eplaysan» qabilidagi iliq sözlar bilan tetiklantiriş lozim.

6. Şirinlikni kamroq iste'mol qiliş

Agar sevimli desertlardan voz keçişni eplolmaydigan bölsangiz, ularni yonğoqli qora şokoladga almaştirgan ma'qul. U foydali, kam kaloriyali va sutli şokolad kabi mazali.

Foto: Unsplash

7. Bolalarni volontyorlik bilan taniştiriş

Bu bolalarni özlarida mavjud narsalarni qadrlaş va atrof-muhitga ğamxörlik bilan munosabatda bölişga örgatadi. Ba'zida qariyalar uyiga taşrif buyuriş va bolalarni buva va buvilarga muloyimlik bilan munosabatda bölişga örgatiş mumkin.

8. Har bir bola bilan yuzma-yuz gaplaşiş

Qalbdan qurilgan suhbatlar sirlarni oçiş va öz fikrlari bilan örtoqlaşişga zamin yaratadi. Bolalar öz ota-onalari bilan ruhan yaqin bölişadi. Katta oilalarda bolalar öz fikrlarini oçiq bayon eta olişmaydi.

Öylaymizki, yuqoridagi maslahatlar sizga yanada yaxşi ona bölişda yordam beradi.