Misrda yakunlanib borayotgan Afrika millatlar kubogida 3-örin sohibi aniqlandi.
Qohiradagi «Al-Salom» stadionida Nigeriya milliy jamoasi Tunis termasini 1:0 hisobida mağlub etdi. Öyinning 3-daqiqasida Odion Igalo tomonidan urilgan gol nigeriyaliklarga ğalaba keltirdi.
Ertaga, Toşkent vaqti bilan jumadan şanbaga ötar keçasi soat 00:00da Senegal va Jazoir milliy jamoalari boş sovrin uçun maydonga tuşadi.
Afrika millatlari kubogi
3-örin uçun öyin
Tunis – Nigeriya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 3 Igalo.
Tunis – Ben-Şrifiya, Merya, Haddodi, Xnid (Bedui, 67), Dreger, Sassi, Skiri, Badri (Sliti, 58), Şalali, Xazri, Xenissi (Şauat, 44).
Nigeriya – Uzoxo, Kollinz, Ayna, Omeruo, Trost-Ekong, Ivobi, Etebo, Ndidi, Çukvueze (Kalu, 90), Musa (Saymon, 75), Igalo (Osimxen, 46).
Ogohlantirişlar: Ndidi (18), Şalali (61), Bedui (90).












