Olomon stadionga kirishga harakat qildi, xavfsizlik xodimlari esa tartib o‘rnatolmadi.

Hodisa paytida ba’zi odamlar yiqilgan, boshqalari esa ularning ustidan bosib o‘tgan. Bir necha kishi hushini yo‘qotgan, jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizilgan.

LSI Africa'ning ma’lumotlariga ko‘ra, tiqilinchda kamida 7 kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bellashuvda mezbon Kamerun 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Kovid va jarohatlar tufayli Qamar orollarining uchala posboni ham maydonga tusha olmadi, natijada darvozani himoyachi qo‘riqladi. Ustiga-ustak, jamoa o‘yinning 7-daqiqasidayoq kamchilikda qoldi.