Google kompaniyasi axborot töğrisidagi qonunni buzgani uçun 700 ming rubl jarimaga tortildi. Qonunga köra, qidiruv tizimlari Rossiyada taqiqlangan axborotlarni öz saytlarida taqdim etmasliklari lozim.
Roskomnadzorning ma'lumot berişiça, uşbu saytda taqiqlangan axborot reyestrida qayd etilgan havolalarning uçdan bir qismi mavjud.
Bu Rossiya qonunlarini bajarmagani uçun Google'ning birinçi marta jarimaga tortilişi emas. Kompaniya 2018 yil dekabrda taqiqlangan saytlar röyxati bölgan davlat federal axborot tizimiga ulanişdan boş tortgani uçun 500 ming rubl jarimaga tortilgandi.












