Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Davlat budjeti mablağlari hisobidan davolaniş huquqini beruvçi kasalliklar röyxatini tasdiqlaş töğrisida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

Respublika ixtisoslaştirilgan akuşerlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida patologiyali homilador ayollar uçun davlat budjeti mablağlari hisobidan davolaniş huquqini beruvçi kasallik (holat)lar röyxati:

1. Yurak qon tomir kasalliklari:

Tuğma va orttirilgan yurak nuqsoni bor va qon aylanişi buzilişi kuzatilgan;

barça turdagi kardiomiopatiyalar;

yurak ritmi buzilişi bilan miokardit va endokarditlar;

yurakda rekonstruktiv jarrohlikdan sönggi holatlar.

2. Nafas sistemasi kasalliklari:

nafas yetişmovçiligini II-III darajasi bilan asoratlangan öpka kasalliklari;

bronxial astma oğir şakllari;

3. Jigar kasalliklari:

jigar sirrozi;

faol davridagi surunkali gepatitlar “S”, “D”, “V”.

4. Qandli diabet kasalligi.

5. Toksik buqoq kasalligining dekompensatsiya bosqiçi yurak ritmi buzilişi bilan: tireotoksikoz, diffuz toksik buqoq III darajasi.

6. Buyrak kasalliklari:

yagona buyrak;

ikkilamçi burişgan buyrak kasalligi;

glomerulonefrit;

surunkali buyrak yetişmovçiligi;

nefrostoma qöyilgan homilador ayollar.

7. Öta oğir akuşerlik anamnezi bor homilador ayollar:

uçtadan köp bölgan 22 haftagaça homila tuşgan holatlar anamnezda kuzatilgan homilador ayollar;

ikkitadan köp bölgan 22 haftadan katta erta tuğiş holatlar (perinatal yuqotişlar bilan) anamnezda kuzatilgan homilador ayollar;

anamnezida ikkita va undan köp kasal/nogiron tuğilgan çaqaloqlar bor homilador ayollar.

8. Qon va qon yaratuvçi a'zolar kasalliklari:

kamqonlikning oğir şakli (gemoglobin 70 g/l va undan kam) tuğma va orttirilgan trombotsitopatiyalar va b.

9. Biriktiruvçi töqimalar tizimli kasalliklari (kollagenoz):

tizimli qizil yugurik, poliarteriit, sklerodermiya, gemorragik vaskulit, Bexterev kasalligi.

10. Kökrak qafasida, qorin böşliğida, kiçik çanoq böşliğida (öpka, buyrak, jigar, siydik pufagi, siydik yullari, qora taloq, ingiçka va töğri içak, çanoq suyaklarida) rekonstruktiv jarrohlik amaliyoti ötqazilgan homilador ayollar.

11. Kuz kasalliklari: glaukoma.

12. 18 yoşgaça ösmir qizlar (homiladorlar)

13. Turli yomon sifatli va çegaradoş ösma kasalliklari bor homilador ayollar

14. Tuberkulyoz (sil) bilan homilador ayollar

15. Surunkali va uzoq keçuvçi ruhiy buzilişlar bilan kasallangan homilador ayollar

16. Nevrologik kasalliklar: miyada qon aylanişining ötkir buzilişi, boş miya va orqa miyada jarrohlik amaliyoti ötqazganlar, tutqanoqning (epilepsiya) oğir turlari, miasteniya, Giyen - Barre sindromi, tromboz va tromboembolik asoratlar.