Adliya vazirligi davlat byudjyetini tuziş va ijro etiş qoidalariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi idoraviy hujjatni davlat röyxatidan ötkazdi. Yangi normalar Byudjyet kodeksiga kiritilgan özgartişlar asosida işlab çiqilgan.
Unga köra, byudjyet sörovlarida asossiz yoki samaradorligi past deb topilgan xarajatlar qisqartiriladi. Bu haqda bildirişnoma olgan taşkilotlar uç iş kuni içida yangilangan byudjyet sörovini taqdim etişi şart.
Şuningdek, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining mahalliy byudjyetlarni rejalaştirişdagi roli kuçaytirildi. Ular daromadlar prognozi, xarajatlarning dastlabki hajmi hamda byudjyetlararo transfertlar böyiça takliflarni şakllantirişda iştirok etadi.
Yangi tartibga muvofiq, byudjyet mablağlarini taqsimlovçilarning rivojlantiriş dasturlari kamida uç yillik davr uçun işlab çiqiladi. Ularda aniq natija körsatkiçlari va kutilgan ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik aks ettirilişi belgilangan.
Bundan taşqari, mahalliy byudjyetlarga byudjyet ssudasi ajratiş haqidagi talabnomalar beş iş kuni içida körib çiqiladi va qabul qilingan qaror haqida arizaçiga bir iş kuni içida xabar beriladi. Şu bilan birga, davlat moliyasi barqarorligini baholaş uçun umumiy fiskal balansni şakllantiriş va hisoblaş tartibi ham belgilandi.












