Bular – iyul oyi oxirida Moliya vazirligining Fiskal tahlillar instituti e’lon qilgan va muhokamalarga sabab bölgan takliflarning ayrimlari. Kun.uz bu takliflar yuzasidan iqtisodçi Otabek Bakirov bilan suhbat taşkil etdi.

“Dialog davom etişi kerak”

- Avvalo aytiş kerak, şu paytgaça soliqçilikdagi, byudjet daromadlari va xarajatlaridagi özgarişlar yoki rejalar keng jamoatçilik bilan muhokama qilinmasdi. Har yilgi soliqçilikdagi özgarişlar haqida dekabr oyi oxirida, parlamentimiz quyi palatasida bir neça soatlik muhokamalardan keyin tasdiqlanadigan byudjetdan xabar topardik. Bu köp muhokamalarga, tanqidlarga sabab bölardi har doim. Şu nuqtayi nazardan dialog paydo bölgani meni xursand qiladi. Bu dialog davom etişi kerak. Çunki yoqimsiz va qiyin masalalarning muloqotsiz yeçimini, kompromissini topib bölmaydi.

Ikkinçidan, fiskal dialogda aytilgan juda köp takliflarning ikkita-uçtasigina keng muhokamalarga sabab böldi. Bevosita odamlarning çöntagiga, soliği oşişiga yoki taşvişiga sababçi bölgan masalalargina muhokama böldi. Aksar masalalar çetda qolib ketgandek. Siz aytayotgan issiqlik tariflari jazirama yozda turganimiz uçun qanaqadir bugungi kunning muammosi emasdek, u kuz va qişga borib muhokama qilinişi kerak bölgan masaladek tuyuladi, şuning uçun köp muhokamalarga sabab bölmadi.

Issiqlik ta’minotida tannarx qançalik haqqoniy?

- Issiqlik tariflariga keladigan bölsak, oxirgi uç yilda bu masala har yili kötariladi. Toşkent şahrini issiqlik tariflari böyiça eng köp subsidiya oladigan hudud deb hisoblasak, Veolia boşqaruviga berilganidan keyin aytildiki, biz bazaviy tarifning, ya’ni tannarxning 15 foiziga çiqdik, biroz muddatdan keyin 16 foiziga, keyinroq 17 foiziga çiqdik deb aytib kelinadi. Ötgan yilgi tariflar oşirilişidan keyin esa aholi tölovlari tannarxning 18-20 foizini qoplayapti, deb aytilgan edi. Öşanda men hisob-kitob qilib aytgandimki, agarda tarif har yili 50-55 foizdan oşirib boriladigan bölsa, taxminan tört yil içida bazaviy tarifga yetkazib oliş mumkin böladi.

Bu yerda masalaning juda muhim jihati bor: agar ular aytayotgan tannarx haqiqatan ham haqqoniy bölsa. Lekin energetikada, transport bilan boğliq bölgan xarajatlarda, ya’ni davlat monopoliyalari körsatayotgan xizmatlarda tannarx özi qançalik haqqoniy? 2022 yildan boşlab bizga energetikadagi har kilovatt soatining tannarxi, gaz kubasining har birining tannarxi haqida gapirişardi. Har yili ular oşirib boriladi. U qançalik haqqoniy degan savolga heç kim javob bermasdi.