DW naşrining AFP agentligiga tayanib xabar berişiça, sammitda tomonlar örtasida keskin bahslar bölgan. Tejamkorlik tarafdori bölgan davlatlar qatoriga Germaniyadan taşqari Avstriya, Şvetsiya, Daniya, Niderlandiya va Finlandiya ham kirgan.

Yevrokomissiya yozda 2028–2034-yillarga möljallangan, qariyb 2 trillion yevrolik byudjet loyihasini taqdim etgan edi. YEI Kengaşiga raislik qilayotgan Irlandiya esa uni 140 milliard yevroga qisqartirişni taklif qilgan.

Irlandiya taklifi raqobatbardoşlikni rivojlantiriş, ilmiy tadqiqotlar, mudofaa va taşqi siyosat yönalişlaridagi xarajatlarni kamaytirişni nazarda tutadi.

Fransiya byudjetni aʼzo davlatlar badallarini oşirmasdan köpaytiriş uçun yangi umumevropa yiğimlarini joriy etişni taklif qilmoqda. Gap raqamli xizmatlar, kriptoaktivlar va internetdagi qimor öyinlaridan yiğim undiriş haqida bormoqda.

Germaniya kansleri Fridrix Mers muzokaralar boşlanişidan oldin Yevrokomissiya taklif etgan byudjetni sezilarli darajada qisqartirişga çaqirgan. U qişloq xöjaligi hamda hududlar örtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy tafovutlarni kamaytiriş siyosati uçun qöşimça mablağ ajratişga qarşi çiqqan.

YeIga aʼzo köplab davlatlar byudjetni 2026-yil oxirigaça tasdiqlaşni istamoqda. Ular 2027-yildagi saylovlar natijasida ayrim mamlakatlarda hokimiyatga yevrointegratsiyaga şubha bilan qaraydigan siyosiy kuçlar kelişi kelişuvni qiyinlaştirişi mumkinligidan xavotirda.

Biroq Avstriya kansleri Kristian Ştoker muzokaralar kelasi yilgaça çözilişi ehtimolini ham istisno qilmagan.