Afğonistonning turli viloyatlarida ötkazilgan operatsiyalar davomida bir sutka içida "Tolibon" harakatining kamida 18 nafar jangarisi yöq qilindi. Bu haqda Khaama Press agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, 10 nafar jangari Ğazni va Paktiya viloyatlarida ötkazilgan operatsiyalar davomida öldirilgan.

Jangarilar aviazarbalar oqibatida halok bölişgan. Reydlar davomida şuningdek, törtta qölbola portlovçi moslama zararsizlantirilgan.

Reydlar şuningdek, Ğilmind, Qunduz, balx va Uruzğon viloyatlarida ötkazilgan. Operatsiyalar davomida jangarilarning qurol ombori, qölbola portlovçi qurilmalar va 300 kg portlovçi modda yöq qilingan.